«Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги Қонун Президент томонидан имзоланди.
Қонун билан Жиноят кодексига киритилган ўзгартишларга кўра, фирибгарликни ахборот тизимидан, шу жумладан ахборот технологияларидан фойдаланиб содир этганлик учун жавобгарлик кучайтирилди.
Эндиликда ушбу қилмиш БҲМнинг 300 бараваридан 400 бараваригача жарима ёки 2 йилдан 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёхуд муайян ҳуқуқдан маҳрум этиб 5 йилдан 8 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга моддий маданий мерос обектларига нисбатан ҳурмацизлик билан муносабатда бўлганлик учун жавобгарлик киритилди.
Ушбу ҳуқуқбузарлик оғирлаштирувчи ҳолатларда 15 сутка маъмурий қамоққа олишга ёки БҲМнинг 20 бараваридан 30 бараваригача жарима солишга сабаб бўлади.
Манба: ЎРҚ–794-сон, 19.10.2022 й
Qonunga o‘zgartirish kiritilayotganda buning zaruriyati, sabab va maqsadlarini tushuntiruvchi muqaddima bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–796, 26.10.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama uning nomi, muqaddimasi (agar mavjud bo‘lsa), har bir moddasi bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotiga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
Qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasining nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalarning mohiyati ko‘rsatilishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega bo‘ladi.