“Go‘zallik axlatga botirilganda. Bu – tabiatni sevishmas, “layk” yig‘ish hirsi” yoxud Bokira tabiatning zo‘rlanishi mavzusida maqola yuzasidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan munosabat
Ma’lumki, joriy yilning 27 may kuni Kun.uz rasmiy kanalida (https://kun.uz/99671144 )da “Go‘zallik axlatga botirilganda. Bu – tabiatni sevishmas, “layk” yig‘ish hirsi” yoxud Bokira tabiatning zo‘rlanishi mavzusida maqola e’lon qilindi.
Mazkur maqolada Toshkent shahridan 80 kilometrcha uzoqlikda Xo‘jakent o‘rmon hududining qarovsiz ahvolga kelib qolganligi, minglab dam oluvchilarning kelib-ketishlari sababli bugun Xo‘jakent hududi chiqindilarga to‘lib toshganligini to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etilgan.
Unga ko‘ra, dam olish hududi syellofan paketlar, bir marta foydalaniladigan idishlar va turli ichimlik idishlari kabi chiqindilar bilan to‘lib toshgan. Dam olish maskani hududiga chiqindi tashlash uchun qutilar o‘rnatilgan. Shunga qaramay, odamlar chiqindi mahsulotlarini to‘g‘ri kelgan joyga uloqtirib ketishgan.
Mazkur maqolada keltirilgan holat yuzasidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutasaddilari, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Bo‘stonliq tuman xodimlari bilan birgalikda o‘rganishlar olib borildi.Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahridan 80 kilometrcha uzoqlikda Xo‘jakent o‘rmon hududi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hududiga kirmasligi, Bo‘stonliq tuman hokimligining zahira yeri hududi hisoblanadi.Ammo shunga qaramay,chiqindilarga to‘lib-toshgan dam olish maskanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlari, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Bo‘stonliq tuman mutasaddilari bilan birgalikda tozalash ishlari olib borildi.
Xo‘jakent o‘rmon hududidagi barcha zararli chiqindilar mazkur hududdan olib chiqib tashlandi.Bugungi kunda dam olish maskani dam oluvchilar uchun shay holatga keltirildi.
Shu o‘rinda mutasaddilar tomonidan dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilarning ham ekologik madaniyatga amal qilishlari, o‘zlari bilan olib kelgan yegulik qadoqlarini tabiat bag‘riga uloqtirmasliklari so‘raladi.
Zero, har-bir fuqaro ona tabiatni asrab-avaylash, uni muhofaza qilish hamda tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanishga teng mas’uldirlar.