O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan har yili 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga ham 30 yil to‘ldi.
Bugun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida ushbu sana munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, ishonchli himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlarimiz shakllangani – asosiy erishilgan yutuqlarimizdan biri hisoblanadi. Milliy armiyamizda xizmat qilish har bir yigitning haqiqiy shon-sharaf ishiga aylangan. Biz yashab turgan zaminni obod qilishda, ko‘kalamzorlashtirishda, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda, toza havosiyu farovon hayotimizni ta’minlashda o‘rmon xo‘jaligining o‘rni beqiyosdir. Shu bois Qo‘mitada faoliyat olib borayotgan barcha erkaklarini Vatan himoyachilari deya ishonch bilan aytish mumkin.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Bayram tadbirida ishtirok etgan “Saodat” jurnali bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Qutlibeka Rahimboyeva, “Veteran” jangchi faxriylar Kengashi “Vatanparvar” fidoiylar jamoasi badiiy rahbari Alisher Hamrayev hamda uning jamoadoshlari ijrosidagi she’r va qo‘shiqlari bilan bayramga fayz bag‘ishladi.
Vatan, vatanparvarlik, yurt kelajagi haqidagi she’r va qo‘shiqlar yangradi. Hozirgi tinch-dorilomon kunlarimiz uchun o‘z aziz jonini jang maydonlarida qurbon qilgan yosh askar va zobitlarning jasorati yod etildi. Qo‘mita xotin-qizlarining badiiy chiqishlari barchani xushnud etdi. Shuningdek, erkak xodimlarga esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalar, turli yo‘nalishlar bo‘yicha nominasiyalar taqdim etildi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzod Usmonov tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabriklab, vatan himoyasi har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini ta’kidladi.
Vatanimiz himoyachilariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Ўзбекистон- Корея: Ўрмончиликда истиқболли ҳамкорлик амалга оширилади
Маълумки, ўтган йилда Ўзбекистон ва Корея республикаси ўртасида мамлакатимиз шароитига мос келувчи янги турдаги...