Давлат рамзлари
  • Ўзбек
  • English
  • Русский
  • Ўзбек
  • English
  • Русский

Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash

Joriy yilning 7 yanvar kuni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminari Qo‘mita raisi o‘rinbosari Gʻ.Qurbonov raisligida Boshqarma va bo‘lim boshliqlari, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot, “O‘rmonloyiha” institutlari va tizimdagi respublika tashkilotlari vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat ilmiy-tadqiqot instituti mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda xodimlarning kasbiy standartlarini ishlab chiqishda ahamiyatga molik tomonlari va tarmoq kengashining vazifalari to‘g‘risida muloqot bo‘ldi.
Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan savollarga Mehnat ilmiy-tadqiqot instituti mas’ul xodimlari tomonidan javob berildi.

Муносабат

Муносабат

Мажбурий меҳнатга йўл қўйилмайди Мажбурий меҳнатга йўл қўйилмаслиги миллий қонунчилик билан тартибга...