Давлат рамзлари
  • Ўзбек
  • English
  • Русский
  • Ўзбек
  • English
  • Русский

O‘rmon xo‘jaligi rivojlangan davlatlarga nazar

XITOY. Xitoy Xalq Respublikasining o‘rmon xo‘jaligi ishlarini boshqaradigan ma’muriyat – Xitoy davlat o‘rmon va yaylov xo‘jaligi boshqarmasi deb ataladi. Bu nom 2018 yil 10 aprel sanasidan shunday nomlana boshlangan. U Tabiiy resurslar vazirligi tasarrufiga kiradi.

2013 yilda mamlakatning milliy o‘rmon bilan qoplangan maydoni 174,9 million gektar, ya’ni umumiy yer maydonining 18,2 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatgich 1998 yilga nisbatan 16 million gektarga oshirilgan. O‘rmon yog‘och zaxiralarini 12,5 milliard m3 ga oshirilib, bu har aholi jon boshiga 0,8 m3 dan to‘g‘ri keladi.

1981-1983 yillar davomida mahalliy dehqonlar tomonidan shartnoma asosida 71% o‘rmon maydonlari boshqarilgan.
Xitoyda qishloq xo‘jaligi iqtisodida yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatgichining 10%ini qishloq va suv xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilik tashkil etadi. Bu ko‘rsatgich rivojlangan bir qator davlatlar, jumladan yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatgichi 1%ni tashkil etuvchi AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya davlatlaridan 10 barobargacha yuqori turadi.