Joriy yilning 14 dekabr kuni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi Ugom-Chotqol davlat Milliy tabiat bog‘i xodimlari uchun “O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning ma’naviy-ma’rifiy omillari” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslatchisi Malika Abduxakimova, Maxsus ishlar bo‘limi mas’ul xodimi Nilufar Usmonova, Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘ining direktor o‘rinbosarlari Jahongir Pirmetov, Abdurashid Abdujamilovlar ishtirok etishdi.
Unda Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi xususida fikr yuritildi. Yangi strategiyaning 5-ustuvor yo‘nalishi – ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanligi borasida gapirildi.
Shuningdek, joriy yilning 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarorida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida tushuntirishlar berildi.
Mazkur yo‘nalishlarni amalga oshirmasdan turib, o‘rmon xo‘jaligini na huquqiy, na ijtimoiy, na ekologik, na iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erisha olmaymiz.
Биз зўравонликка қаршимиз!
Аёл ожиза, бироқ кучли, аёл заифа, аммо иродали! Унинг иродаси олдида лозим бўлса буюклар бош эгади. Азалдан эркаклар...