Давлат рамзлари
  • Ўзбек
  • English
  • Русский
  • Ўзбек
  • English
  • Русский

Dorivor o‘simliklar mahsulotlari ta’minotida ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi

Dorivor o‘simliklar mahsulotlari ta’minotida ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi.
“Dorivor o‘simliklar mahsulotlari ta’minotida ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Ushbu konferensiyani O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Gʻ.Qurbonov ochib berdi.
Hammamizga ma’lumki, bugungi kunda dunyo davlatlarida “aholi salomatligi” siyosatdagi eng muhim masalalardan biriga aylanganligi shifobaxsh va dori vositalar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini ko‘paytirishni taqazo etmoqda. Bu o‘z navbatida, sohaning har bir bosqichida ishtirok etayotganlarning o‘zaro hamkorligini talab etadi.
So‘nggi yillarda boshqa tarmoqlar bilan bir qatorda dorivor o‘simliklar urug‘chiligini tashkil etish, yetishtirish, qayta ishlash hamda sohada ilm-fanni rivojlantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilinishi ushbu sohani rivojlanishiga mustahkam zamin yaratdi.-dedi, Gʻ.Qurbonov.
Shuningdek, so‘nggi yillarda boshqa tarmoqlar bilan bir qatorda dorivor o‘simliklar urug‘chiligini tashkil etish, yetishtirish, qayta ishlash hamda sohada ilm-fanni rivojlantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilinishi ushbu sohani rivojlanishiga mustahkam zamin yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-son qaroriga ko‘ra O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tuzilmasida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” tashkil etildi va Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan dorivor o‘simliklar xom ashyolarini qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha “MEXRIGIYO” MCHJ va “NUSRAT EKSIM” MCHJ bilan dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari tashkil etilib faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Markaz tomonidan “Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasini kamaytirish va unumdorligini oshirish bo‘yicha topinambur dorivor o‘simligidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilib, Qo‘mita va viloyat hokimliklariga yuborilgan.

Joriy yilda tashqi va ichki bozor talablarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, 64 turdagi dorivor o‘simliklarni 5000 gektar maydonda plantasiyalari tashkil etildi va 8000 tonna mahsulot yetishtirildi.
Dorivor o‘simliklar urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish maqsadida Quyichirchiq ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida 8 ta (lavanda, rozmarin, mavrak, timyan, godji va boshq) noyob turdagi dorivor o‘simliklarining onalik plantasiyalari barpo etildi va tizimdagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 191,1 gektar maydonda 8 turdagi noyob dorivor o‘simliklarning tajriba plantasiyalari barpo etildi.
Dorivor o‘simliklarning madaniy plantasiyalarining kengayib borishi ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan birgalikda sohada eksport salohiyatini yanada oshishiga imkoniyat yaratmoqda.
Dorivor o‘simliklar xomashyosini tayyorlashda madaniy holda yetishtirilgan dorivor o‘simliklar xomashyosi hajmi yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan tayyorlanadigan xomashyo hajmiga nisbatan salmog‘i yil sayin oshib borishi kuzatilmoqda.
Jumladan, 2018 yilda madaniy holda yetishtirilgan dorivor o‘simliklar xomashyosi hajmi umumiy tayyorlangan dorivor mahsulotlar miqdorida 62 foizni, 2019 yilda esa 81 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2020 yilda esa bu ko‘rsatgich 86 foizni tashkil etmoqda.
Aytish joizki, sohaning rivojlanib borishi barobarada aholining tabiiy dori vositalariga qiziqishlari va iste’moli ko‘payib, xabardorligi ortib bormoqda.
Bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” bilan O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi hamkorligida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va xomashyolarini tayyorlash bo‘yicha” qo‘llanma ishlab chiqildi.

Ushbu qo‘llanma asosida respublikada dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi tashabbuskor sub’yektlar va tomorqa yer egalari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi ish rejasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi va ushbu ish rejaga asosan joylarda o‘quv kurslari o‘tkazilib, aholining nafaqat iste’mol madaniyatini oshirish, balki o‘z tomorqalarida dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etish, “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida klasterlar va eksport qiluvchilar hamkorligida dorivor o‘simliklarni ekish, birlamchi qayta ishlab ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish orqali o‘z-o‘zini band qilish, aholi daromadini ko‘paytirishdir.
Bugungi ilmiy anjuman sohani yanada rivojlantirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlashga xizmat qilishi aniq.
O‘tgan yilda tashkil etilgan konferensiya soha rivojlanishidagi har bir bosqichda ishtirok etayotgan turli vazirlik, qo‘mita
va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirib, sohaning yagona bir tizimga birlashishiga sabab bo‘ldi.