So`ragan edingiz

Oʻrmondan kimlar foydalanishi mumkin?

O`rmondan foydalanish

Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
Oʻrmondan foydalanish uchun haq toʻlanadi. Toʻlovlar miqdori va ularni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻrmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik boʻlishi mumkin.
Oʻrmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilardir.
Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — oʻn yilgacha boʻlishi mumkin.
Oʻrmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi.
Oʻrmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki oʻrmon chiptasi asosida yoʻl qoʻyiladi. Oʻrmondan foydalanuvchilar davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan oʻrmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir.
 

Oʻrmondan foydalanishni qanday turlari mavjud?

O`rmondan foydalanish turlari

Oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash (yigʻish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash (yigʻish);
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish.
Qonun hujjatlarida oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
 

O`rmonlar deganda nimani tushunasiz?

O`rmonlar tushunchasi

Oʻrmonlar –keng maʼnoda toza suv saqlovchi, tuproq va havodagi namlikni muʼtadillashatirib turuvchi, yogʻoch, ikkilamchi mahsulotlar, mevalar, dorivor va ozuqa oʻsimliklar beruvchi manbadir. Oʻrmonzorlar  hayvonot va oʻsimlik dunyosini saqlash va ularni koʻpaytirishda, iqlim oʻzgarishlarni moʻtadillashtirishda, togʻlarda  jarliklarni paydo boʻlishi xavfini oldini olishda, suv tanqisligi muammosini yechishda, selni mudxish oqibatlarini bartaraf qilishda, tuproq eroziyaga  qarshi  kurashishda,  choʻl xududlarida qumlarni koʻchishini toʻxtatishda, shamol eroziyasini oldini olishda, tuproqning meliorativ holatini (shoʻrlanish, choʻllanishga va h.) yaxshilashda, shuningdek yaylovlar maxsuldorligini  oshirishda hamda qishloq xoʻjaligi  yerlarida ixota oʻrmonlarini roli katta axamiyatga ega. Eng muhimi, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, tabiatni asrab-avaylash bugungi kunda oʻrmon xoʻjaliklarining asosiy vazifasi boʻlib hisoblanadi.
 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 12°

Namlik 72% Shamol 8.27 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (18)