Davlat o‘rmon fondi yerlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

Respublikamiz mustaqillika erishgandan so‘ng o‘rmonlarga katta axamiyat berila boshlandi.
1990 yilda O‘rmon fondi yerlarining umumiy maydoni 2507,5 ming gektarni yoki jami Respublika umumiy (44410,3 ming gektar) yerlarning 5,6 foizini, o‘rmonzor va butazorlar maydoni 1410 ming gektarni yoki Respublika umumiy yelarining 3,1 foizni tashkil qilgan.
2005 yilda O‘rmon fondi yerlarining umumiy maydoni 8536,5 ming gektarni yoki jami Respublika umumiy yerlarning 19,2 foizini, o‘rmonzor va butazorlar maydoni 2808,1 ming gektarni yoki Respublika umumiy yerlarning 6,3 foizni tashkil qilgan.
2015 yil 1 yanvar xolatiga O‘rmon fondi yerlarining umumiy maydoni 9752,3 ming gektarni yoki jami Respublika umumiy yerlarning 21,7 foizini tashkil qiladi. Shundan, o‘rmonzor va butazorlar maydoni 3543,3 ming gektarni yoki Respublika umumiy yerlarning 8 foizni tashkil qiladi.
2005 yilda 1990 yilga nisbatan O‘rmon fondi yerlarining umumiy maydoni 6029 ming gektarga yoki 340 foizga, o‘rmonzor va butazorlar maydoni 1398,1 ming gektarga yoki 199 foizga o‘sdi.
2015 yilda 1990 yilga nisbatan O‘rmon fondi yerlarining umumiy maydoni 7244,8 ming gektarga yoki 389 foizga, o‘rmonzor va butazorlar maydoni 2133,3 ming gektarga yoki 251 foizga o‘sdi.
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklarining umumiy yer maydoni 9140,6 ming gektarni tashkil etib, shundan, 7919,6 ming gektar (87 foiz) cho‘l hududi, 939,8 ming gektari (10 foiz) tog‘ hududi, 173,6 ming gektari (1,9 foiz) vodiy hududi, 107,5 ming gektari (1,2 foiz) to‘qay hududlariga to‘g‘ri keladi.
Umumiy o‘rmon fondi 4043,2 ming gektari (44 foiz) o‘rmonzorlar, 699 gektari (0,01 foiz) o‘rmon ko‘chatxonalari, 1613 gektari (0,02 foiz) bog‘ va uzumzorlar, 7761 gektari (0,08 foiz) haydaladigan ekin yerlari va 5087 ming gektari (55,6 foiz) boshqa yerlardan iborat.
O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sug‘oriladigan ekin yerlariga asosan o‘rmon ko‘chatxonalari va dorivor ekinlar ekilib, qishloq xo‘jaligi ekinlari asosan sug‘oriladigan yerlarga yangi ekilgan bog‘ va yangi o‘rmonzorlar qator oralariga, pista va boshqa suvsizlikka chidamli daraxt va butalar suvsiz va lalmi yerlarga ekilib parvarishlanmoqda. Oshqovoq, namatak kabi ekinlar esa asosan sug‘oriladigan yerlarga ekilgan bog‘ va o‘rmonzorlar qator oralariga ekilib, qo‘shimcha daromad olinmoqda.
Davlat o‘rmon fondi yerlarida 6 ta markaziy davlat o‘rmon xo‘jaliklari, 55 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklari, 7 ta qo‘riqxona, 5 ta o‘rmon ov xo‘jaliklari, 2 ta milliy tabiiy bog‘lar, 1 ta o‘rmon biosfera rezervati, 5 ta dorivorchilikka ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklari, 6 ta o‘rmon tajriba stansiyalari, 5 ta o‘rmon ishlab chiqarish korxonalari, 4 ta irrigatsiya o‘rmon xo‘jaliklari, 2 ta ekopitomniklar mavjud.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 57% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)