2015 yilning I choragi davomida o‘rmon xo‘jaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtis

Hisobot davrida O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2015 yilning I choragi davomida 16,6 ming gektar, (rejaga nisbatan 106 foiz) shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 6,3 ming gektar maydonda cho‘l o‘simliklaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borildi. Rejadagi 134 gektar o‘rniga amalda 152 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilib, belgilangan reja 113 foizga bajarildi.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi Lola daraxti va Qrim qarag‘ayi ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish borasidagi 683-F-sonli va 2013 yil 24 avgustdagi Unabi daraxti ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi 539-f-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha ko‘chat ekish oyligi mavsumida 3000 donadan ortiq Lola daraxti va 32000 donadan ortiq Qrim qarag‘ayi 37000 donadan ortiq chilonjiyda ko‘chatlari ekildi.
O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 1835 gektar (rejaga nisbatan 100 foiz) (shundan rejadagi 374 gektar maydonda biologik) maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari olib borildi.
2015 yilning I-choragi davomida 33,5 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar 2,8 km yangi himoya liniyalari, 50 km minerallashtirilgan polosalar qurildi, 150 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar va 33 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlanib, barcha ko‘rsatkichlar rejaga nisbatan to‘liq bajarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 yanvardagi “2015-2017 yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash maqsadida 1542,7 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari, 41 ta dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini quritish stellajlari, 37 ta saqlash omborxonalari, 14 ta fitobarlar tashkil etildi.
2015 yilning I choragi davomida o‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 191,8 mln. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 107,4 foiz) xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va 19,4 ming so‘mlik axoliga pullik xizmat ko‘rsatildi. Kasanachilik asosida 7 ta qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlari tashkil etildi. Yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xisobot davrida 67,8 sentner go‘sht ishlab chiqarildi.
Axborot xizmati

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 57% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)