O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma

Hisobot yilida 43 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 17 ming gektar maydonda yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va cho‘l hududlarining tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari amalga oshirildi.

Respublikamiz bo‘yicha 2015 yil mobaynida boshqa mevali va manzarali daraxtlar qatorida 4700 tupdan ortiq lola daraxti va 36 ming tupga yaqin qrim qarag‘ayi, 39 ming tupdan ko‘proq chilonjiyda ko‘chatlari ekildi.

O‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 24,5 ming gektar maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan 15,1 gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi.

Dorivor o‘simliklarni madaniy holda ko‘paytirish maqsadida 1822,8 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosi quritiladigan 94 ta stellaj, 75 ta saqlash omborxonalari, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosini qadoqlovchi 2 ta liniya tashkil etildi.

O‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 721,8 mln so‘mlik xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va aholiga 78,1 ming so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi.

Axborot xizmati

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 51% Shamol 6.16 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)