O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2016 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot

Hisobot davrida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
19,3 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 9,2 ming gektar maydonda cho‘l o‘simliklaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etildi va tabiiy tiklanishiga ko‘mak berish tadbirlari olib borildi. 241 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etildi;

respublika bo‘yicha ko‘chat ekish oyligi mavsumida 4400 tupdan ortiq lola daraxti va 52900 tupdan ortiq qirim qarag‘ayi, 91 ming tupdan ortiq chilonjiyda va boshqa ko‘plab mevali va manzarali daraxtlar ko‘chat va bo‘talari ekildi;

o‘rmonzorlar barpo qilish va qayta tiklash bilan bir qatorda ularni qo‘riqlash, muhofaza qilish, kasallik va zararkunandalardan asrash maqcadida 20,4 ming gektar maydonda o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi, shundan 12,3 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari olib borildi. Shuningdek, 131 km masofada yong‘inga qarshi yo‘llar, 34 km yangi himoya liniyalari, 304 km minerallashtirilgan polosalar qurildi. Bundan tashqari, 1161 km o‘rmon xo‘jaligi ahamiyatiga ega va yong‘inga qarshi yo‘llar va 1211 km minerallashtirilgan polosalar ta’mirlandi.

2330 gektar maydonda 37 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etildi. Farmatsevtika korxonalari bilan 2813,1 mln so‘mlik dorivor o‘simliklar xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Hisobot davrida 1 ming tonnadan ziyod dorivor va ozuqabop o‘simliklar xomashyosi tayyorlandi.

O‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish tarmoqlarida 401,4 mln so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan 109,7 foiz) xalq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va aholiga 43,63 ming so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatildi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 51% Shamol 6.16 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)