Yashil boyligimizni o’rmon yong’inlaridan asraylik

Yashil boyligimizni o’rmon yong’inlaridan asraylik

 

Insoniyat hayoti ming yillar osha o’simlik va hayvonat olami bilan bevosita bog’liq bo’lib kelgan. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, yer, suv, tabiat va undagi o’simlik va hayvonot dunyosini inson hayotidan ajratib tasavvur etish mumkin emas.  Yaratganning bizga mehr-muruvvati shunchalar beqiyoski, artofimizni o’rab turgan butun borliq tiriklik manbaigina bo’lib qolmay, bizga go’zallik, yashash va huzurlanish zavqini ham beradi. Birgina o’simliklar dunyosining umrimizga umr qo’shayotganligi tabiat va jamiyat hayotining bir-biri bilan uzviy bog’liqligidan dalolatdir. Ana shu bog’liqliklarni saqlab qolish va abadiyligini ta’minlash yo’lida insoniyat qo’lidan kelgunicha yaxshi, ezgu ishlarni  amalga oshirmog’i kerak.

Odamzot tabiatni qanchalik sevmasin, uni e’zozlab asramasin, ba’zan o’zidan ham favqulodda ozor chekadi. Masalan, kurrai zaminimizning turli mintaqalarida o’rmonlarga chaqmoq sababli yashin tushishi yoki iqlimning nihoyatda qurg’oqchiligi tufayli o’rmonlarda o’rmon yong’ini kelib chiqayotganligi kuzatilmoqda.  Ba’zan odamlarning e’tiborsizligi hamda ehtiyotsizligi oqibatida minglab gektar o’rmonzorlarda, yaylovzorlarda yong’in chiqib, ulardagi mavjud o’simlik va hayvonot dunyosining yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lmoqda. O’rmon yong’ini kelib chiqishi tabiatga va insoniyatga juda katta zarar keltirish barchamizga ma’lum. Bunda faqat o’rmonning go’zalligiga dog’ tushibgina qolmasdan, balki undan ajralib chiqadigan kislorod miqdorining keskin kamayishiga, tuproq tarkibining buzilishiga, foydali hashorat va mikroorganizmlarning yo’qolib ketishiga olib keladi. Olimlarning ta’kidlashiga qaraganda dunyo bo’yicha har yili o’rmonlar yong’ini oqibatida 2 million tonnadan ortiq  organik modda yo’q bo’lib ketishi aniqlangan.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra 99 foiz holatlarda bevosita insoniyat tufayli, qolgan 1 foiz holatda tabiiy ofatlar sababli o’rmonlarda o’rmon yong’inining kelib chiqishi qayd qilingan.

 

O’rmon xo’jaliklariga qo’yiladigan talablar

 

  1. O’rmon xo’jaliklari:

a)o’rmonda yong’inga qarshi oralik joylar, yo’llar, yong’inga qarshi minerallashtirilgan himoya polosalari, zovurlar, suv xavzalarini qurishga, o’rmonlarni yog’och qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalashga va o’rmonlarning yong’in xavfsizligini oshirishga yo’naltirilgan boshqa o’rmon xo’jaligi tadbirlarini o’tkazishga;

  1. b) aholi, o’quvchilar, o’rmonda ishlar olibboruvchi yoki ob’ektlarga ega bo’lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlari o’rtasida olov bilan extiyot bo’lib muomila qilish va o’rmonlardagi yong’inlarni o’chirish qoidalari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borishga;
  2. v) keng foydalaniladigan o’rmon yo’llari bo’ylab o’rmonda olov bilan ehtiyot bo’lib muomila qilish zarurligi va yong’in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiruvchi e’lonlar va plakatlarni o’rnatishga;
  3. g) o’rmon yo’llari bo’ylab dam olish va chekish uchun umumiy foydalaniladigan joylarni jixozlashga;
  4. d) o’rmon xo’jaliklari xududlarida paydo bo’ladigan yong’inlarni o’z vaqtida aniqlash va tugatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rishga majburdirlar.

 

 

 

 

 O’rmonlardagi yong’inlarni o’chirish bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslarga qo’yiladigan talablar

 

  1. O’rmonlarda ishlar bajaruvchi yoki qo’rg’onlar, yo’llar, omborlar, inshootlar va boshqa ob’ektlarga ega bo’lgan o’rmon xo’jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishlash joylarida, qo’rg’onlar yaqinida, yo’llar, omborlar va boshqa ob’ektlarda o’rmonlardagi yong’inlar paydo bo’lgan taqdirda darhol o’z kuchlari bilan ushbu yong’inlarni o’chirish choralarini ko’rishgan va yong’in to’g’risida yong’in muxofazasi organiga va tegishli o’rmon xo’jaligiga yoki joylardagi davlat hokimiyati organlariga xabar berishga majburdirlar.
  2. Jismoniy shaxslar o’rmonlardagi yong’inni payqaganda darhol uni o’chirish choralarini ko’rishga, o’z kuchi bilan yong’inni o’chirish iloji bo’lmaganda yong’inni muxofazasi organiga, o’rmon xo’jaligi va militsiya xodimlariga yoki joylardagi hokimiyat organlariga xabar berishga majburdirlar.
  3. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbari, o’rmon xo’jaliklarining o’rmonni muxofaza qilish xodimlari talabiga ko’ra joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga muvofiq o’rmonlardagi yong’inlarni o’chirish uchun texnika vositalarini tezda jo’natishga majburdir.
  4. O’rmonlardagi yong’inlarni o’chirish uchun jalb qilinadigan jismoniy shaxslar tumanlar hokimliklari qarorlariga muvofiq ushbu ishlarni o’rmon xo’jliklarining o’rmonnni muxofaza qilish xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat yong’in nazorati organlari va mansabdor shaxslari rahbarligida bajaradi.

 

 O’rmonlarda yong’in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

 

  1. Yuqorida sanab o’tilgan yuridik va jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o’rmondan foydalanishda va o’rmonlarda ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarning umumiy talablariga rioya qilishlari kerak.

O’rmonda yong’in paydo bo’lishi bilan darhol ishlarni tashkil etishga va uni o’chirish choralarini ko’rishga majburlar.

O’rmonlarda yong’in xavfsizligi qoidalari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar o’rmon xo’jaligiga yetkazilgan zarar uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

 

 

 Yong’in yetkazgan zararni aniqlash

 

  1. O’rmonlarda yong’in xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida o’rmon xo’jaligiga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblab chiqarish va yong’in paydo bo’lishining turli sabablari va daraxtlar hamda boshqa o’simliklarning zararlanish darajasiga ko’ra, daraxtlar qurishi yoki yog’och nobud bo’lishiga oid da’vo summalarining hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida

2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.

 

 Yong’inni o’chirishning dastlabki vositalari

 

  1. O’rmon xo’jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarxar bir uchastka (o’rmon uchastkasi)da yong’inni o’chirishning dastlabki vositalarini saqlashi, zarur bo’lganda o’rmonlardagi ayrim yong’inlarni boshlang’ich bosqichda o’chirishni mustaqil ravishda tashkil etishlari kerak.

Bunda quyidagilarga ega bo’lishlari zarur:

  1. a) minish va yuk ortish egarlari bo’lgan otlar;
  2. b) ko’chma yong’in motopompasi yoki kichik ko’chma o’rmon motopompalari;
  3. v) ranetsli (safarxaltasi) o’rmon o’t o’chirgichlari – suv purkagichlar;
  4. g) benzin bilan ishlaydigan arra;
  5. d) yong’in belkuraklari, boltalar, motigalar, xaskashlar;
  6. e) zarur suyuqliklarni tashish uchun sig’imi 20 litrli kanistralar;
  7. j) ish kiyimlari va maxsus poyabzal, ichimlik suvi uchun sig’imi 20 litrgacha bo’lgan bidonlar yoki kanistralar, suv uchun krujkalar;
  8. z) birinchi yordam ko’rsatish uchun tibbiy dori qutichalari.

Ko’rsatib o’tilgan barcha vositalar yong’in xavfi mavsumi boshlanishidan bir oy oldin o’rmonlardagi yong’inlarga qarshi kurash ishlariga to’liq tayyor holga keltirilgan bo’lishi kerak.

  1. Uchastkalar (o’rmon xo’jaligi uchastkalari)da o’t o’chirish anjomlari va vositalarini saqlash uchun o’rmon uchastkasi boshliqlari (o’rmonchilar)ga biriktirilgan binolar, shuningdek mayda ta’mirlash uchun asbob-uskunalar va anjomlar bo’lishi kerak.
  2. O’rmon xo’jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari yong’in anjomlarining saqlanishi va ularning o’rmonlardagi yong’inlarni o’chirishda to’g’ri ishlatilishi uchun to’liq javob beradi.

Anjomlar ishdan chiqganligi yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi, shuningdek o’rmonlarda yong’in xavfsizligi qoidalari buzilganligi, shu sabablarga ko’ra o’rmonlarda yong’in chiqqanligi uchun o’rmon xo’jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javob beradilar, yoki o’rmon xo’jaligiga yetkazilgan zarar uchun mulkiy javob beradilar.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 32°

Namlik 15% Shamol 5.01 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (158)