Xalqaro aloqalar

Xalqaro loyihalar monitoringi tomonidan xalqaro loyihalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi №190 sonli, 2014 yil 24 dekabrdagi №363 sonli hamda 2015 yil 29 avgustdagi №255 sonli qarorlarida ko’rsatilgan loyihalarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish borasida bir qator uchrashuvlar va muzokaralarda ishtirok etdi. SHuningdek, o’rmon xo’jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan hukumat Yig’ilishi bayonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda o’rmon xo’jaligi sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Natijada 2016 yilning aprel oyi holatida umumiy qiymati 7 mln 200 AQSH dollari miqdoridagi 5 ta loyiha bugungi kunda amalga oshirilmoqda. Ular quyidagi loyihalardir:

1.“Respublika o’rmon resurslarini monitoring qilish va baholash (inventarizatsiya)”. BMTning FAO tashkiloti hamda Hukumat tomonidan tasdiqlangan. Loyiha qiymati 450 ming AQSH dollari.
2.“O’zbekistonda o’simlik va hayvonot dunyosiga ko’maklashish orqali ovchilik xo’jaligini barqaror rivojlantirish va ekoturizm”. Hozirda mazkur loyiha belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan va hukumat tomonidan tasdiqlangan hamda Birlashgan Arab Amirligi “Sulton Bin Taxnun al Nexyan” kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Loyiha qiymati 1 mln 750 ming AQSH dollari.
3.Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GITS) bilan hamkorlikda “O’zbekiston davlat o’rmon fondi yerlarida o’rmon ekish mahsulotlarini tayyorlash va chakanda o’simligi plantatsiyasini yaratish orqali hamkorlikda o’rmon xo’jaligini boshqarish modelini yaratish” loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Loyiha qiymati 100 ming yevro.
4.“Tog’ va vodiy o’rmonlarini barqaror boshqarish”. BMTning FAO tashkiloti hamda Hukumat tomonidan tasdiqlangan. Loyiha qiymati 4,5 mln AQSH dollari. Global Ekologik Jamg’arma (GEF) ushbu loyihani tasdiqladi va Aprel oyidan loyihaning aniq tadbirlari ishlab chiqilishiga kirishiladi. Buning uchun GEF mablag’ ajratgan.
5.Janubiy Koreyaning SK Forest kompaniyasi bilan Navoiy Markaziy o’rmon xo’jaligi o’rtasida 2015 yil 26 avgustda Navoiy Erkin iqtisodiy industrial zona atrofiga ihota o’rmonlarini tashkil etish bo’yicha 410 ming AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolandi.

2016 yilning birinchi yarmida yanada uchta loyiha imzolanishi kutilmoqda.

1. “Quyi Amudaryo oqimida ekotizimning barqarorligi asosida yerlardan foydalanish”. Mazkur loyiha Germaniyaning Atrof muhit vazirligi va Zukkov fondi hamda GITS bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 2 mln Yevro. Loyihani imzolash may oylariga mo’ljallangan.

2. “Amudaryo deltasining qirg’oqbo’yi hududlarida 5 ming GA maydonda to’qaylarning tabiiy tiklanishiga ko’maklashish va o’rmon xo’jaliklarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi. Bu loyiha qiymati 3 mln. AQSH dollari. Loyiha TIKA bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Joriy yilning mart oyi avvalida TIKA tomonidan mutaxassislar kelib loyiha hududlarini o’rganib ketishdi. Turkiya tomoni shu yilning birinchi yarmida ushbu loyihani imzolash istagini bildirishgan.

3. Germaniya xalqaro iqlim tashabbusi jamg’armasi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo cho’llarini muhofaza qilish” hududiy loyihasi. Loyiha qiymati 3 mln 300 ming yevro. Mazkur hududiy loyihani may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hozirda yana Xitoyning APFNET tashkiloti, Mixail Zukkov jamg’armasi, Sultan bin Taxnun kompaniyasi va KOYKA tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan xalqaro grant mablagʻlarini jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot 2017 yil


Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning avgust oyiga qadar umumiy qiymati 4 mln 180 ming AQSh dollari va 300 ming yevro miqdoridagi 4 ta loyihani amalga oshirishga muvaffaq boʻlindi.
2017 yilning 4 kvartalida esa, quyidagi 3 ta umumiy qiymati 3 mln 300 ming AQSh dollari va 3 mln 100 ming Yevro boʻlgan grant loyihalarni amalga oshirishni boshlash rejalashtirilgan. 
Shuningdek, qoʻmitamiz tomonidan yana umumiy qiymati 5 mln AQSh dollari miqdoridagi  “Orolboʻyi hududlarida 20 ming gektar maydonda oʻrmon ekish ishlarini amalga oshirish hamda choʻl tipidagi selektsiyaviy oʻrmon urugʻchiligi bazasini yaratish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Turkiya oʻrmon xoʻjaligi vazirligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yilning 10 avgustida turkiyalik mutaxassislar bilan bu borada uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga BMTning FAO tashkiloti bilan 34 mln AQSh dollari miqdoridagi 4 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Bunda Yashil iqlim jamgʻarmasi hamda Global ekologik jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish koʻzda tutilgan.
Shunigdek, hozirda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOYKA) va Jahon banki tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va uni amalga oshirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga Xitoyning “bir makon bir yoʻl” loyihasi doirasida Orolboʻyi hududlarida oʻrmon ekish ishlarini kengaytirish va urugʻchilik laboratoriyalarini tashkil etish boʻyicha loyiha takliflari ishlab chiqildi.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari 2018-yil

 

1. O‘zbekiston davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon ekish mahsulotlarini tayyorlash va chakanda o‘simligi plantatsiyasini yaratish orqali hamkorlikda o‘rmon xo‘jaligini boshqarish modelini yaratish (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GITs))
2. Quyi Amudaryo oqimida ekotizimning barqarorligi asosida yerlardan foydalanish (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GITs) Germaniya atrof muhit vazirligi)
3. Markaziy Osiyo cho‘llarini muhofaza qilish (Germaniyaning Graysfeld universiteti, Mixail Zukkov Jamg‘armasi) BMTning FAO tashkiloti) 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 30% Shamol 4.97 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (45)