O‘rmon barpo qilish

O‘rmon barpo qilish

Har yili respublika buyicha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 42 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish ishlari amalga oshiriladi, shundan, 39 ming gektari cho‘l mintaqasiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida 17 ming gektarda cho‘l o‘simliklaridan su’niy o‘rmonzorlar barpo etib kelinmoqda. Yangi o‘rmonzorlar barpo qilish urug‘dan ekib, ko‘chat o‘tqazib va tabiiy tiklanishga ko‘mak berish tadbirlari orqali bajariladi. Cho‘l hududlarida sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan saksovul, cherkez, qandim kabi daraxt va butalar turlaridan yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi. (1 va 2 rasmlar)

 

11

 

Rasm-1.-Orol dengizining qurigan tubida saksovul daraxt turidan barpo etilgan 1-2 yoshli himoya o‘rmonzorlari

1

 

Rasm-2. Orol dengizining qurigan tubidagi 12-yoshli saksovulzorlar.
Respublikamizning tog‘li hududlarida 1.2 ming gektar yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi, ular asosan zarafshon archasi, xondon pista, yong‘oq, oddiy bodom va boshqa mevali daraxt va butalardir. (rasm 3 va 4)

3

 

Rasm. Samarqand viloyatida barpo etilgan pistazorlar

5

 

Rasm-4. Toshkent viloyatidagi barpo etilgan yong‘oqmevali o‘rmonzorlar
Respublikamizning vodiy hududlarida har yili 1.4 ming gektar maydonda tez o‘suvchi mevali daraxt va butalar turidan yangi o‘rmonzorlar barpo etiladi. To‘qay hududlarida esa turanga, jiyda, tol daraxt turlaridan o‘rmon barpo etilib, har yili 0.4 ming gektarda amalga oshiriladi. (rasm 5,6 va 7)

56

 

Rasm-5. Samarqand viloyatining vodiy hududida qrim qarag‘ayidan barpo etilgan o‘rmonzorlar

12

 

Rasm 6. Vodiy mintaqasida barpo etilgan yong‘oqmevali o‘rmonzorlar

565

 

Rasm-7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv bo‘yidagi tabiiy turangazorlar.

2015 yil 3-chorak davomida 18.5 ming ga (108 %) maydonda urug‘dan, ko‘chatdan va tabiiy tiklanishga ko‘mak berish orqali yangi o‘rmonzorlar barpo qilindi. Shundan, Orol dengizining qurigan tubida barpo qilingan o‘rmon 6.8 ming gektarni tashkil etadi.

Har yili yangi o‘rmonzorlar barpo etish va ko‘chatxonalar tashkil etish maqsadida o‘rmon xo‘jaliklar tomonidan 50 turdan oshiq 130-135 tonna har xil daraxt va butalar urug‘lari tayyorlanadi. Shu jumladan, cho‘l o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim)-100 tonna, ignabargli va noyob daraxt turlari-15 tonna.

Respublika bo‘yicha har yili 60 turga yaqin 42 mln. dona daraxt va butalarning nihol hamda ko‘chatlari yetishtiriladi, shundan 12.5 mln. donasi saksovul, 8 mln. donasi terak ko‘chatlaridir. Ushbu yetishtirilayotgan nihol va ko‘chatlarning yarmi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadi, qolgan qismi esa parvarishlash uchun qoldiriladi.
Жорий йил 9-ойлиги учун берилган топшириқ 281 гетарга, яъни режага нисбатан 120 фоизга бажарилди.

Hukumatimiz tomonidan noyob daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining noyob daraxt ko‘chatlarini, shuningdek soxta kashtan, yapon soforasi, lola daraxti, qrim qarag‘ayi hamda unabi daraxtlari ko‘chatlarini ko‘paytirish to‘g‘risida maxsus farmoyishlari qabul qilingan.

Hozirgi paytda o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonalarida 4 mln. donadan oshiq quyidagi noyob daraxt va butalar ko‘chatlari, jumladan qrim qarag‘ayi, kompaktli tuya, virgin archasi, eman, oqqayin, lola daraxti, yapon soforasi, soxta kashtan, katalpa,beresklet, samshit, yapon bexisi, farzitsiya, hind sireni, malva va boshqa ko‘chatlar mavjud.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 30% Shamol 4.97 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (79)