O’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O’RMONLARNING QO’RIQLANISH TOIFALARINI ANIQLASH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

«O’rmon to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 21 iyuldagi 356-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O’rmonlarning qo’riqlash toifalarini aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon bosh boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va manfaatdor organlar bilan birgalikda respublikaning barcha hududlaridagi o’rmonlarning qo’riqlash toifalarini 2001 yil 1 martgacha aniqlasin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O’. SULTONOV

Toshkent sh.,

2000 yil 5 iyun,

215-son

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 iyundagi 215-son qaroriga ILOVA

O’RMONLARNING QO’RIQLANISH TOIFALARINI ANIQLASH TARTIBI TO’G’RISIDA

NIZOM

  1. Mazkur Nizom «O’rmon to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, o’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlashda ularning maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq aniqlashning yagona tartibi, shartlari va farqlovchi belgilarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
  2. O’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlash o’rmon fondi yerlari birkitilgan o’rmonxo’jaligi korxonalariga, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar o’rmonxo’jaligi boshqarmalariga yuklanadi.

O’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni va respublika bo’yicha materiallarni umumlashtirishni O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi amalga oshiradi.

  1. O’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlashda, o’rmon fondi yerlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini, o’rmonlarning ekologik muvozanatga va tabiiy muhitning barcha komponentlariga ta’sirini, daryolarning gidrologiya rejimiga, namlik bug’lanishining pasayishiga, yomg’ir va qor-muz suvlarining yuza oqimini tartibga solishga, shamol tezligining pasayishga ta’sirini va iqlimga ta’sirini hisobga olgan holda, qo’riqlanishning ajratiladigan toifalarining asosiy maqsadiga eng ko’p javob beruvchi daraxtlarning puxta tanlab olinishini ta’minlash zarur.
  2. O’rmonlar qo’riqlashining muayyan toifasi davlat o’rmon fondi yerlari uchastkalari chegaralarini belgilaydi. Ushbu chegaralar o’rmon bilan qoplangan va qoplanmagan, alohida himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiena, rekreatsion, ilmiy, tarixiy yoki ko’rsatib o’tilgan maqsadlarda ko’proq foydalanish uchun boshqa maxsus maqsadlar bo’yicha ajratilgan maydonlarni o’z ichiga oladi. Bir xil maqsadda foydalanish uchun belgilangan tartibda ajratiladigan barcha o’rmonlar qo’riqlanishning bitta toifasiga kiradi.
  3. O’rmonlarning qo’riqlanish toifalari chegaralari joylarda belgilangan va o’rmon tuzilishi kartografiya materiallarida aks ettirilgan o’rmon xo’jaliklari va o’rmon mavzelari chegaralari bilan qo’shilgan bo’lishi kerak.
  4. O’rmonxo’jaligini yuritish va o’rmondan foydalanish tartibi o’rmonlarning qo’riqlanish toifalariga ko’ra «O’rmon to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi va qonun hujjatlari bilan aniqlanadi.
  5. «O’rmon to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O’zbekiston o’rmonlari xalq xo’jaligi ahamiyatiga, ularning joylashgan o’rniga va bajaradigan funktsiyalariga ko’ra qo’riqlanishning quyidagi toifalariga bo’linadi:
  6. a) o’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalari;
  7. b) o’rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
  8. v) eroziyadan saqlaydigan o’rmonlar;
  9. g) o’rmonlarning temir yo’l va avtomobil yo’llari bo’ylab o’tgan ihota mintaqalari;
  10. d) cho’l va chala cho’l mintaqasidagi o’rmonlar;
  11. e) shahar o’rmonlari va o’rmon-bog’lar;
  12. j) shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko’kalamzorlashtirilgan mintaqa o’rmonlari;
  1. z) suv ob’ektlarini muhofaza qilish hududidagi o’rmonlar;

(7-bandning «z» kichik bandi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda)

  1. i) tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlaridagi o’rmonlar;

(7-bandning «i» kichik bandi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda)

  1. k) alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmon mavzelari;
  2. l) yong’oqchilik mintaqasidagi o’rmonlar;
  3. m) o’rmonning mevali daraxtzorlari;
  4. n) davlat qo’riqxona o’rmonlari;
  1. o) kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog’lar va davlat biosfera rezervatlaridagi o’rmonlar;

(7-bandning «o» kichik bandi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda)

  1. p) ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega bo’lgan o’rmon
  1. Ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega bo’lgan davlat qo’riqxonalari tabiiy bog’lar va davlat biosfera rezervatlari hududlaridagi qo’riqxonalarda, o’rmonlarda, shahar o’rmonlarida va o’rmon bog’larida qo’riqlanishning boshqa toifalari ajratilmaydi.

(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda)

  1. Bitta hududda o’suvchi va ayni bir vaqtda bir nechta himoya funktsiyalarini bajaruvchi o’rmonlar uning uchun o’rmon xo’jaligini yuritish va o’rmondan foydalanishning yanada qattiqroq tartibi belgilangan qo’riqlash toifasiga kiradi.
  2. O’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalariga suvni qo’riqlash-himoya qilish funktsiyalarini bajaruvchi, daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillarida joylashgan, daryo o’zaniga yoki havzasi sohiliga bevosita tutashgan o’rmonlar kiradi.

O’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari daryo bo’ylarida, suv omborlarida va maydoni 100 gektardan ko’p bo’lgan ko’llar atrofida, ular kimning tasarrufida yoki foydalanishida ekanligidan qat’i nazar, davlat o’rmon fondi yerlarida ajratiladi. Daryolar bo’yidagi aniq o’tloq yerlardagi taqiqlangan mintaqalar kengligi o’tloq yerlar va ularga tutash mintaqalar kengligidan iborat bo’ladi. Tikligi 30 gradusdan ko’p bo’lgan, katta daryolarga tutash tog’ qiyaliklari o’rmonlarning taqiqlangan mintaqasiga to’liq kiritiladi. O’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari tashqi chegarasi ularni belgilashda imkoniyatga ko’ra tabiiy chegaralar yoki daraxtlari kesilgan mavzelar, ajratilgan yerlar chegaralari bilan birga qo’shib yuborilishi va to’g’rilanishi kerak. Suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligining aniq hajmlari Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi organlari tomonidan, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi organlari bilan kelishgan holda aniqlanadi. Ko’llar va suv omborlari atrofidagi o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi ularga quyiladigan daryolar bo’yicha ajratilgan mintaqalarga teng holda belgilanadi. Daryolarning asosiy o’zanlari bo’yicha eroziya jarayonlariga uchragan hududlarda o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari kengligi maxsus tadqiqotlar asosida ham belgilanishi mumkin. Daryolarning, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab belgilangan o’rmonlarning taqiqlangan hajmi zarur bo’lganda maxsus tadqiqotlar asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’zgartiriladi.

Ushbu toifani ajratishdan maqsad suv ob’ektlarini qo’riqlash va himoyalash hisoblanadi.

  1. O’rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalariga daryolar, ko’llar va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab joylashgan, ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylar hisoblanadigan va daryolar o’zaniga yoki suv havzasi sohiliga bevosita qo’shiladigan o’rmonlar kiradi.

O’rmonlar qo’riqlanishining ushbu toifasini ajratishdan maqsad ovlanadigan baliqlarni qo’riqlash va ular uchun qulay sharoitlar yaratishdir.

  1. Eroziyadan himoyalaydigan o’rmonlarga chuqurliklar, soylarda, oson to’zg’iydigan qumliklarda, toshloqlardagi tabiiy va sun’iy holda yaratilgan o’rmonlar, sel xavfi bo’lgan joylardagi o’rmonlar, tik tog’ qiyaliklaridagi o’rmon uchastkalari kiradi, shuningdek, ularga konlar va tuproq qatlamlari kovlangan yerlardagi tabiiy va sun’iy yaratilgan o’rmonlar ham kirishi mumkin, agar ular eroziyadan saqlash va himoyalashda muhim ahamiyatga ega bo’lsa.

Ushbu toifaning asosiy maqsadi yerlarni, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligi yerlarini suv va shamol eroziyasidan himoyalashdir.

  1. O’rmonlarning temir yo’llar bo’ylab o’tgan ihota mintaqalariga temir yo’lning har qaysi tomonidagi kengligi 300 metrgacha bo’lgan, ishlayotgan va qurilayotgan temir yo’llarga tutash tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o’rmonlar kiradi.

Qumli hududlarda ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda maxsus tadqiqotlar harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin. Temir yo’llar bo’ylab o’rmonlar ihota mintaqalarining aniq kengligi temir yo’l transporti organlari bilan kelishilgan holda, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi organlari tomonidan belgilanadi. Avtomobil yo’llar bo’ylab o’rmonlar ihota mintaqalariga yo’lning har qaysi tomonidan kengligi 20-50 metr bo’lgan, respublika va viloyat ahamiyatiga ega bo’lgan foydalanishdagi avtomobil yo’llariga tutash o’rmonlar kiradi. Respublika va viloyat ahamiyatiga ega bo’lgan yo’llardagi qumli hududlarda o’rmonlarning ihota mintaqalari kengligi zarur hollarda, maxsus tadqiqot asosida, avtomobil yo’llarining saqlanishini va transport harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hajmlargacha uzaytirilishi mumkin. Temir yo’l va avtomobil yo’llari bo’yidagi o’rmonlarning ihota mintaqalari transport yo’llarini noqulay ob-havo sharoitlarida, qum va qor bosishidan, yuvilib ketishdan, ko’chkilardan, iqlim noqulayliklari va sellardan himoyalash maqsadida, shuningdek, ulardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun ajratiladi.

  1. CHo’l va chala cho’l mintaqasidagi o’rmonlarga tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o’rmonlar, cho’l va chala cho’l hududlarida joylashgan, muhim ihota funktsiyalarini bajaruvchi o’rmon uchastkalari yoki mavzelari kiradi.

CHo’l va chala cho’l mintaqalarida joylashgan o’rmonlar qishloq xo’jaligi yerlari, aholi punktlari va boshqa ob’ektlarni noqulay tabiiy sharoitlar (qum bosishi)dan ihotalash uchun xizmat qiladi.

  1. SHahar o’rmonlari va o’rmon-bog’lariga shaharlar va shaharchalarning shahar hududining belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralarida joylashgan o’rmonlar kiradi.

SHahar o’rmonlari shaharlar, shaharchalar va boshqa shahar tusidagi aholi punktlari hududi chegaralari belgilanayotganda (o’zgartirilayotganda) ajratiladi. O’rmon-bog’larga shahar hokimliklari tasarrufidagi, shaharlar chegarasi tashqarisida joylashgan o’rmonlar kiradi. SHahar o’rmonlari va o’rmon-bog’laridan birinchi navbatda madaniy-sog’lomlashtirish maqsadlarida va aholining dam olishi uchun foydalaniladi. Ushbu o’rmonlarda aholi dam olishiga to’sqinlik qiluvchi daraxt kesish va yog’och tayyorlash kabi ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

  1. SHaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko’kalamzorlashtirilgan mintaqadagi o’rmonlarga shaharlar, aholi punktlari va sanoat ob’ektlari chegarasidan tashqarida joylashgan, muhim ihota, sanitariya-gigiena, ekologik va boshqa funktsiyalarni bajaruvchi, aholini sog’lomlashtirishni, mehnat qobiliyatini oshirishni va dam olishini ta’minlovchi, shaharlar havo bo’shlig’ini tozalovchi va aholi punktlarini ifloslanishdan saqlovchi o’rmonlar kiradi.
  1. Suv ob’ektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi o’rmonlarga suv ob’ektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqalari belgilangan tartibda tasdiqlangan chegaralardagi o’rmonlar kiradi.

Suv ob’ektlarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish mintaqasidagi o’rmonlar suvdan ichish uchun foydalaniladigan joylarda suvni tozalash, muhofaza qilish, saqlash va uning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi. Suv ob’ektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi o’rmonlarda daraxtlarni faqat qat’iy belgilangan chegaralarda parvarish qilish va sanitariya maqsadida kesishga yo’l qo’yiladi. (17-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda)

  1. Tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlari o’rmonlariga muhofaza etiladigan, belgilangan tartibda tashkil etilgan ushbu tabiiy hududlar chegaralaridagi o’rmonlar kiradi.

(18-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda) Bu o’rmonlar iqlimni, sanitariya-gigiena sharoitlarini hamda tuproq va suvni muhofaza qilishni tartibga soladi, kishilarning dam olishga va ularni sog’lomlashtirishga yordam beradi.

  1. Alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmon mavzelariga serunum o’rmonlar, shuningdek, qimmatli genetik ahamiyatiga ega bo’lgan relikt va endemik daraxtlar navlaridan iborat o’rmonlar kiradi.

Ushbu toifaning maqsadli ilmiy-tarixiy maqsadlar uchun qimmatli tabiiy o’rmonlarni saqlab qolishdir.

  1. Yong’oqchilik mintaqasidagi o’rmonlarga shirin, madaniylashgan grek yong’og’i, pista va bodom mevalari tayyorlash uchun xom ashyo bazasi sifatida muhim ahamiyatiga ega bo’lgan, tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o’rmonlar va plantatsiyalar kiradi.
  2. Mevali o’rmon daraxtzorlariga davlat o’rmon fondi yerlaridagi tabiiy va sun’iy ravishda yaratilgan o’rmonlar va xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan qimmatli meva-rezavor daraxtlar va o’simlik navlari o’sadigan plantatsiyalar kiradi.
  3. Davlat qo’riqxona o’rmonlariga respublika Hukumati qarori bilan barpo etilgan davlat qo’riqxonalari hududlaridagi barcha o’rmonlar, plantatsiyalar kiradi.

Qo’riqxona o’rmonlarining asosiy maqsadi tabiiy tabiat muhiti sharoitlarida o’simlik va hayvonot dunyosining ahvoli va rivojlanishini kuzatish, o’simlik va hayvonot dunyosining alohida ahamiyatiga ega bo’lgan relikt va endemik turlari genofondini saqlab qolish, shuningdek, o’ziga xos qimmatli hududlarni tabiiy holatda saqlashdir.

  1. Kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog’lar va davlat biosfera rezervatlari o’rmonlariga O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tashkil qilingan muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlardagi o’rmonlar kiradi.

Alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo’lgan tabiiy ob’ektlar va komplekslarni saqlash maqsadida atrof tabiiy muhit holatini saqlash muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlar o’rmonlarining asosiy vazifasi hisoblanadi». (23-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 apreldagi 95-son qarori tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 14-son, 103-modda)

  1. Ilmiy yoki tarixiy ahamiyatiga ega bo’lgan o’rmonlarga tarixiy-madaniy qo’riqxonalar hududlarida joylashgan muhim tarixiy voqealar bilan bog’liq alohida qimmatli va saqlanishi kerak bo’lgan joylardagi o’rmon uchastkalari yoki alohida o’rmon mavzelari, shuningdek, ilmiy kuzatishlar uchun xizmat qiluvchi o’rmonlar kiradi.
  2. O’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha takliflar O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmonxo’jaligi bosh boshqarmasi organlari tomonidan tayyorlanadi va joylardagi davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishib olinadi.

O’rmonlarning qo’riqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha takliflar O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Taklifga o’rmonlar qo’riqlanishining bir toifasidan boshqasiga o’tkazish to’g’risidagi ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslashlar, kartografik, hisobga olish hamda boshqa zarur materiallar va hujjatlar ilova qilinadi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 42% Shamol 3.78 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (78)