Yoshlar bilan shartnomalar tuzildi

Toshkent davlat agrar universitetida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Toshkent viloyati bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Fermerlar kengashi, «O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir bitiruvchilarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish uchun imkoniyat yaratdi. Ular korxona va tashkilotlar, muassasalar, xususiy firmalar tomonidan o‘rnatilgan ko‘rgazmali vositalar yordamida mavjud ish o‘rinlari, talab va takliflar haqida batafsil ma’lumot oldi.

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishini tamomlamoqdaman, – deydi Samar Mahmudov. – Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilayotgan ish o‘rinlari menga ma’qul bo‘ldi.

Yarmarkada qirqdan ziyod tashkilot ikki yuzga yaqin bitiruvchi bilan mehnat shartnomalari tuzdi.

Tadbir doirasida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari uchun «Ochiq eshiklar kuni» ham tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar agronomiya, meva-sabzavotchilik va uzumchilik, seleksiya, zootexnika, ipakchilik, o‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar kabi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

Barno Meliqulova, O‘zA

Toshkentda ob-havo

Harorat: -4°

Namlik 87% Shamol 2.32 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (25)