O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 39-son, 511-modda)

O’rmondan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar turlarini kengaytirish, yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni yetishtirish, yig’ish, tayyorlash va qayta ishlashni tizimli ravishda tashkil etish, yalang’och qizilmiyani xom ashyo sifatida eksport qilishdan manfaatdor bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o’zgartirishlar kiritilsin.
  3. O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari yalang’och qizilmiyani xomashyo sifatida (1 tonnasi uchun 225 AQSH dollari) O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun to’lovlardan 2016 yil 31 dekabrgacha ozod qilinsin.
  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYОEV

Toshkent sh.,

2015 yil 30 sentyabr,

278-son

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 sentyabrdagi 278-son qaroriga 1-ILOVA

O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to’g’risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  2. Ushbu Nizom «O’rmon to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq o’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga soladi.
  3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

o’rmondan doimiy foydalanuvchilar – o’rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berilgan o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari; o’rmondan vaqtincha foydalanuvchilar – o’rmondan foydalanish huquqini beradigan tegishli hujjatlar asosida o’rmondan qisqa muddatli (3 yilgacha) yoki uzoq muddatli (10 yilgacha) foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.

  1. O’simlik dunyosi ob’ektlaridan jismoniy shaxslar tomonidan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi.
  2. O’rmondan foydalanish tartibi va turlari
  3. Davlat o’rmon fondi uchastkalari o’rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan o’rmondan vaqtincha foydalanuvchilarga o’rmondan foydalanishning quyidagi turlari bo’yicha to’lov asosida foydalanishga beriladi:

chorva mollarini boqish; pichan o’rish; asalari uyalari va qutilarini joylashtirish; daraxt va butalarni kesmagan holda o’tin va shox-shabbalarni yig’ish; davlat o’rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish; davlat o’rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish.

III. O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar miqdori va ularni undirish tartibi

Mazkur Nizomning 4-bandida ko’rsatilgan o’rmondan foydalanish turlari uchun ushbu Nizom ilovasiga muvofiq miqdorlarda to’lov undiriladi.

  1. O’rmondan foydalanganlik uchun undiriladigan to’lovlar o’rmondan doimiy foydalanuvchilarning daromadi hisoblanadi. O’rmondan doimiy foydalanuvchilar byudjet tashkiloti hisoblangan taqdirda o’rmondan foydalanganlik uchun undiriladigan to’lovlar byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga tushadi.
  2. O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz shaklda, jismoniy shaxslar tomonidan esa naqd pul yoki naqd pulsiz shakllarda amalga oshiriladi.
  3. O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

o’rmondan foydalanishning bir kalendar yiligacha bo’lgan muddat uchun — o’rmondan foydalanish boshlangunga qadar 100% miqdorida; o’rmondan foydalanishning bir yildan ortiq bo’lgan muddati uchun - har bir kalendar yilning yanvar oyida yoki foydalanish mavsumi boshlanishida joriy kalendar yil uchun 100% miqdorida.

  1. O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar quyidagi holatlarda qaytariladi:

o’rmonlarning holatiga salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida o’rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan o’rmondan foydalanishning alohida turlarini to’xtatish to’g’risidagi qaror qabul qilinganda; o’rmondan doimiy foydalanuvchilar faoliyati to’xtatilganda; o’rmon fondi yerlari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilganda.

  1. To’lovlarni qaytarish o’rmondan vaqtincha foydalanuvchi tomonidan o’rmondan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjat ilova qilingan holda ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
  2. Qaytariladigan to’lov miqdori o’rmondan foydalanish turi bo’yicha haqiqatda foydalanilmagan muddatdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
  3. O’rmondan foydalanish uchun to’lovlar bo’yicha imtiyozlar
  4. O’rmondan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish o’rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning quyidagi toifalari tomonidan bepul amalga oshiriladi:

maktabgacha yoshdagi bolalar; o’zlarining tabiat bilan bog’liq tegishli dasturlari bo’yicha davlat o’rmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumta’lim muassasalarining o’qituvchi va o’quvchilari, o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari va talabalari; «Mehribonlik» uylari va «Muruvvat» bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari; nogironlar; 1941 — 1945 yillardagi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar; atom ob’ektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bog’liq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yo’liqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaxslar.

  1. Yakunlovchi qoidalar
  2. O’rmondan foydalanishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
  3. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

O’rmondan foydalanganlik uchun to’lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to’g’risidagi nizomga ILOVA

O’rmondan foydalanishning alohida turlari uchun undiriladigan to’lovlar

miqdori

T/r O’rmondan foydalanish turlari Yuridik va jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsient
1. O’rmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini boqish uchun (bir bosh chorva moli uchun bir mavsumga): yirik qoramol, ot, eshak va tuya 2 yoshgacha bo’lgan buzoq, ot, eshak va tuya 6 oylikdan katta qo’y va echkilar 6 oylikgacha bo’lgan qo’y va echkilar (ona suti bilan oziqlanadigan buzoq, bo’taloq, xo’tik, qo’zi va uloqlar uchun to’lov undirilmaydi) 0,45 0,15 0,1 0,03
2. O’rmon fondi uchastkalarida pichan o’rish (1 gektar uchun) 1,5
3. O’rmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish (bir asalari oilasi uchun 1 mavsumga) 0,05
4. O’rmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda o’tin va shox-shabbalarni yig’ish uchun (1 m kub) 0,4
5. Davlat o’rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun, har bir kishi uchun 1 sutkaga 0,05  

Izohlar: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o’rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish o’rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi; yovvoyi o’simliklarning dorivor xom ashyosini tayyorlash (yig’ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o’simliklarni tayyorlash (yig’ish), shuningdek davlat o’rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo’jaligi ehtiyojlariga foydalanish uchun to’lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 sentyabrdagi 278-son qaroriga 2-ILOVA

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomga kiritilayotgan o’zgartirishlar

  1. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«10. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni g’amlaganlik (yig’ganlik) uchun to’lovlarni kamaytirish bo’yicha quyidagi miqdorlarda imtiyoz beriladi: belgilangan to’lovlarning 50 foizi miqdorida — Qizil kitobga kirmaydigan hamda har yili O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar ro’yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan (yalang’och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo’lganda; belgilangan to’lovlarning 90 foizi miqdorida — plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug’lari, ko’chatlari) uchun; belgilangan to’lovlarning 90 foizi miqdorida — yalang’och qizilmiya ildizidan ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yalang’och qizilmiya ildizini xom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo’lganda. Yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar ro’yxati, shuningdek Respublika bo’yicha g’amlash (yig’ish) hajmlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va respublikaning yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi».

  1. 3-ilova o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
  2. 13-ilovadagi beshinchi satr chiqarib tashlansin.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 27% Shamol 1.49 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (45)