O`rmon xo`jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI


OʻRMON XOʻJALIGINI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 30-son, 734-modda)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017 yil 11 maydagi PQ-2966-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisida namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq; 
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 6-ilovaga muvofiq;
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlardagi foydalanilmayotgan, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulki obʼektlarini ikki oy muddatda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 2018 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining taklifiga asosan yangidan oʻrmonzorlar barpo etish uchun maxsus texnika va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, ishlab chiqarish tashkilotlari va ekoturizm infratuzilmalarini tashkil etish, oʻrmon xoʻjaligi obʼektlarini yangidan qurish, rekonstruktsiya qilish hamda taʼmirlash ishlarini kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Dori-darmon” AK va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili oʻrmon xoʻjaliklarida yetishtiriladigan dorivor oʻsimliklar xom ashyosini farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ehtiyoji uchun xarid qilish yuzasidan shartnomalarni tuzilishini va 30 foiz miqdorida avans mablagʻlarini toʻlab berilishini taʼminlash vazifasi yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. 


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017 yil 19 iyul,
530-son

Toshkentda ob-havo

Harorat: 21°

Namlik 42% Shamol 3.78 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (67)