Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi Respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Oʻzbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 martdagi 76- sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi Bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi ilmiy –ishlab chiqarish Markazi tashkil etildi. Ushbu qarorga asosan Markaz tizimiga 12 ta ishlab chiqarish korxonasi, 2 ta ixtisoslashtirilgan korxona va 7 ta tajriba stantsiyalari biriktirilgan.


Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xoʻjaligi vazirligining 2008 yil 10 iyuldagi 117- sonli buyrugʻi hamda Oʻrmon xoʻjaligi Bosh boshqarmasining 2008 yil 11 iyuldagi 50- sonli buyrugʻiga asosan 21 ta xoʻjalikdan 5 ta xoʻjalik, jumladan Andijon viloyati Toshoxur oʻrmon xoʻjaligining “Oyim uchastkasi” Andijon oʻrmon xoʻjaligi, Qashqadaryo viloyati “Beshkent”oʻrmon ishlab chiqarish uchastkasi Shoʻrton davlat oʻrmon xoʻjaligi, Xorazm viloyati “Qarqali” oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish uchatkasi Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi, Surxondaryo viloyati “Qorasuv” oʻrmon ishlab chiqarish uchastkasi Surxondaryo davlat Markaziy oʻrmon xoʻjaligi taasaruflariga oʻtqazilgan. Shuningdek, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2012 yil 10 fevraldagi 25-sonli buyrugʻi va Oʻrmon xoʻjaligi Bosh boshqarmasining 2012 yil 14 fevraldagi 20- sonli buyrugʻiga asosan “Shoʻrtan”, “Xorazm” va “Gʻijduvon” davlat oʻrmon xoʻjalliklari Oʻrmon xoʻjaligi Bosh boshqarmasining toʻgʻridan – toʻgʻri boshqaruviga oʻtqazilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013 yil 20 maydagi 107- sonli hamda Oʻrmon xoʻjaligi Bosh boshqarmasining 2013 yil 21 maydagi 44- sonli buyrugʻiga asosan Markaz tizimidagi Jizzax viloyatidagi “Mirzachoʻl” oʻrmon tajriba stantsiyasi Jizzax Markaziy oʻrmon xoʻjaligi taasarufiga oʻtfazilgan.
Bugungi kunda Markaz tizimida quyidagi ishlab chiqarish korxonalari va tajriba stantsiyalari faoliyat olib bormoqda.

Oʻrmon tajriba stantsiyalari
1.Qoraqalpogʻiston davlat ilmiy- tadqiqot tajriba stantsiyasi;
2.Darxon tajriba xoʻjaligi (Toshkent viloyati);
3.Chatqol davlat togʻ-meliorativ oʻrmon tajriba stantsiyasi (Toshkent viloyati);
4.Qoʻqon davlat oʻrmon tajriba stantsiyasi (Fargʻona viloyati);
5.Qoraqum davlat tajriba stantsiyasi (Xorazm viloyati);
6.Buxora davlat oʻrmon tajriba stantsiyasi;
7.“Oʻrmonmash” davlat korxonasi

Davlat oʻrmon xoʻjaligi
1.Nukus maxsus davlat oʻrmon xoʻjaligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalari
1.“Dargʻom” davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi * Samarqand viloyati);
2.“Oʻrtaorol” davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi (Namangan viloyati);
3.“Saksanota” davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi (Toshkent viloyati;
4.“Navbahor” davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi ( Navoiy viloyati)

Toshkentda ob-havo

Harorat: 11°

Namlik 67% Shamol 5.14 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (14)