Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etiladi.

2020-yil 26-noyabrda Oʻzbekiston Respublika Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4901-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror mamlakatimizda dorivor oʻsimliklar soxasini yanada rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, bu orqali dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilgʻor ilmiy ishlanmalarini oʻrganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish erishish koʻzda tutilgan.

 

Shuningdek “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etiladi.

Markaz asosiy vazifalari quyidagilar belgilangan:

dorivor oʻsimliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish

va amalga oshirish;

- respublika hududidagi yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar areallarini oʻrganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;

- urugʻlik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, koʻpaytirish, kolleksion koʻchatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bogʻliq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;

- dorivor oʻsimliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish va boshqalar.

 

“Shifobaxsh”markazi mutaxassisi U.Idrisxodjayev

Toshkentda ob-havo

Harorat: -2°

Namlik 72% Shamol 1.69 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)