Ta’ziya izhor qilamiz

Xadjayev Mansurxadja

Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori, xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan Xadjayev Mansurxadja 79 yoshida bu foniy dunyoni tark etdi.

Xadjayev Mansurxadja 2001 yilda "Do‘stlik" ordeni, 2017 yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni, 2019 yilda "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishonlari bilan mukofotlangan. Mehnat faoliyati 55 yil. Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori lavozimida 1987 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. M.Xadjayev fidokorona mehnati bilan o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol va tajribali soha xodimlaridan hisoblanardi. M.Xadjayev tashabbusi bilan keyingi yillarda Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jali hududidagi foydalanilmasdan kelingan, tosh va shag‘alli yerlardan 1000 gektardan ziyodi o‘zlashtirilib pistazor, bodomzor va bog‘lar barpo etildi, 70dan ziyod terak navlarini yetishtirish joriy qilindi. Terakchilik sohasida jahonga mashxur bo‘lgan «Svadon ko‘k teragi», «Qo‘qon-M tez o‘suvchan teragi», «Kaliforniya tez o‘suvchan teragi» navi va boshqa terak navlarini yetishtirishda faol hissa qo‘shdi. Noyob archa va qarag‘ay navlarini xo‘jalikda urug‘dan ko‘chatlar yetishtirish orqali ko‘paytirish usulini yo‘lga qo‘ydi. Uning faolligi ostida 2013 yildan boshlab O‘zbekistondagi “TIKA” xalqaro tashkiloti bilan o‘rmonchilikni rivojlantirish maqsadida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, Turkiya davlati o‘rmonchiligi bilan tajriba almashinib, terakchilikni rivojlantirish bo‘yicha Turkiyada yetishtirilayotgan 56 turdagi tez o‘suvchan terak qalamchalaridan xo‘jalikka ekildi. Axolini mexnat bandiligi bilan ta’minlash borasida 18-30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 400 nafarga yaqin yoshlarga yer maydonlari ajratib berilib, yangidan mevali bog‘lar barpo qilindi. Xo‘jalikda mexnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarning oylik maoshini oshirish, tibbiy ijtimoiy-axvolini yaxshilash borasida budjet, xo‘jalik hisobidan shtat jadvaliga asosan ish xaqi oluvchi xodimlarga 30% miqdorida rivojlantirish jamg‘armasi xisobidan qo‘shimcha ish xaqi, mexnat ta’tiliga chiquvchi xodimlarga sog‘liklarini tiklash maqsadida sixatgoxlarga yo‘llanma berilishi, markaziy idorada mexnat qilayotgan xodimlarga esa tushlik, yo‘l kira xaqi pullari, xo‘jalikda mexnat qilib kelayotgan yoshlarni nikox to‘ylari munosabati bilan 1(bir) boshdan qo‘y ajratilishi, sunnat to‘ylari qilganlarga esa eng kam ish xaqining 3(uch) barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘ydi. Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy yilda qisqa vaqt ichida 70 ga yer maydonga 5(besh) qitaning o‘simlik dunyosidan iborat O‘rta-osiyoda yagona “Botanika” bog‘i tashkil qilindi. Mazkur xududda manzarali, igna bargli, yirik butasimon daraxt ko‘chatlari aloxida qitalarga xos va mos ravishda ekib joylashtirilgan. Shuningdek, kattalik jixatidan aloxida o‘rin tutgan, 3,5 ga yer maydonga igna bargli daraxt ko‘chatlaridan iborat “Labirint” barpo etildi. Sayyoxlarni xordiq chiqarishlari uchun katta suv xavzalari, tabiiy qum barxanlardan iborat xududlar tashkil qilingan. Shu bilan birga bir vaqtni o‘zida “Botanika bog‘i”ga chegaradosh xududda “Ekoturizm bog‘i” tashkil etilgan. Bu yerda O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan xayvonot dunyosining noyob turlaridan iborat “Buxoro xon guli bug‘i”lari, bir o‘rkashli tuyalar, tuyaqushlar, tovuslar, kakliklar keltirilib joylashtirilgan. Ushbu xududda yana sayyoxlarni o‘ziga jalb qiluvchi 15 metrdan baland tabiiy toshdan qurilgan favvora bunyod etilgan. Kelajakda ushbu maskanlar nafaqat O‘zbekiston axolisi, balki chet el sayyoxlari uchun “Turistik xudud” sifatida xizmat qiladi. Xadjayev Mansurxadja jamoat ishlarida faol, talabchan va o‘zini ustida tinmay ishlaydigan raxbardan biri hisoblanardi. Doimo xalq xizmatida bo‘lib, katta ishonch, obro‘-e’tiborga ega edi. Shu tufayli u xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashiga takror-takror deputat etib saylanib kelgan. Bugungi kunda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xay’at a’zosi hisoblanardi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi jamoasi Xadjayev Mansurxadjaning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 4°

Namlik 62% Shamol 3.96 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)