Zomin milliy tabiat bogʼiga tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil  30 sentyabridagi 278-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan Davlat oʼrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʼlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun, har bir kishi uchun 1 sutkaga eng kam oylik ish haqiga nisbatan 0,05 koeffitsient miqdorida toʼlov undirish belgilab qoʼyilgan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-yanvardagi №13 sonli “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʼlishni tartibga solish haqidagi” qaroriga asosan.

 

Zomin milliy tabiat bog‘iga tashrif buyuruvchi har bir mahalliy va xorijiy sayyoxlardan bir sutka uchun bazaviy hisoblash bazaviy hisoblash miqdoriga (eng kam oylik ish haqiga) nisbatan 0,05 koeffitsient miqdorida ya’ni 223000*0.05=11150 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi. 

Shuningdek o‘rmondan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning quyidagi toifalari tomonidan bepul amalga oshiriladi: 

 maktabgacha yoshdagi bolalar;

 o‘zlarining tabiat bilan bog‘liq tegishli dasturlari bo‘yicha davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumta’lim muassasalarining o‘qituvchi va o‘quvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari;

 «Mehribonlik» uylari va «Muruvvat» bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari;

 nogironlar; 

 1941 — 1945 yillardagi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

 atom ob’ektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaxslar. 

 Zomin milliy tabiat bog‘iga keluvchi dam oluvchilar uchun quyidagi ekoturistik marshrutlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 1. - Ayiqlisoy – Sherbuloq ekoturistik marshruti

 2. - Tollisuv ekoturistik marshruti

 3. - Miqqalasi ekoturistik marshruti

 4. - Sherbuloq ekoturistik marshruti

 5. - Boboyong‘oq ekoturistik marshruti

 6. - Sharshara ekoturistik marshruti

 7. - Mingyoshli archa ekoturistik marshruti

 8. - Chortangi ekoturistik marshruti

 Dam oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida otlar va ko‘chma chodirlarni ijaraga berish yo‘lga qo‘yilgan. 

 Mas’ul: Hazratqulov Husniddin Haitboevich

Toshkentda ob-havo

Harorat: -5°

Namlik 65% Shamol 2.73 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)