Respublika o‘rmon xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan bosh o‘rmonchilarga o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘quv seminarni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘.Qurbonov ochib berdi. O‘rmon xo‘jaliklarida bosh o‘rmonchilar quyidagi vazifalarni bajarishga mas’uldirlar. Bular: mavjud o‘rmonzorlarni qo‘riqlash va muhofaza etish; madaniy o‘rmonzorlar barpo etish va maydonlarini ko‘paytirish; ko‘chatchilik va o‘rmon barpo etish ehtiyojlari uchun urug‘chilikni tashkil etish hamda o‘rmonchilikka doir hisob-kitoblarni yuritilishini ta’minlash. Ushbu ishlarni holati bo‘yicha bosh o‘rmonchilar bilan savol-javob qilindi. 

Seminarda Respublika o‘rmon xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklar, O‘rmon loyiha davlat unitar korxonasi, Milliy tabiat bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Shifobaxsh dorivor o‘simliklari etishtirish va qayta ishlash markazi, Ugam - Chotqol Milliy tabiat bog‘lari, Qolgansir ov xo‘jaligi bosh o‘rmonbegilari qatnashmoqda.

Qurg‘oqchilik hududlarda o‘rmon barpo qilish asoslari, degradatsiyani oldini olish va bu borada ishlarni to‘g‘ri tashkil etish borasida  X.Tolipov – boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, biologiya fanlari nomzodi so‘zga chiqib barqaror rivojlanish maqsadlari, degradatsiyaga uchragan erlarni neytral holatga keltirish, agroo‘rmonchilikni rivojlantirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha tinglovchilarga ma’ruza qilib cho‘l hududlarida o‘rmon barpo qilish, ayniqsa tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yong‘oqmevali daraxtzorlar, hususan pistazorlar, bodomzorlar, yuqori tog‘li hududlarda archa urug‘ini tayyorlash, ko‘chatini etishtirish va archazorlar  tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha batafsil o‘z tavsiyalarini berdi. (joylarga tavsiyalar qo‘llanma tarzida yuborildi)

Turkiya o‘rmon xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Axmet Yalvach zamonaviy ko‘chatchilikni rivojlantirish hamda yirik hajimli ko‘chatlarni etishtirish bo‘yicha turkiya tajribasi bilan tanishtirdi.

O‘rmonchilik sohasida belgilangan tadbirlarning hozirgi holati va natijadorligi, O‘rmon barpo qilish, urug‘chilik va ko‘chatchilikda yuritiladigan asosiy hujjatlar, ularni yuritish tartibi, mavjud muammolari hamda kuzgi sanoq (inventarizatsiya), texnik qabul qilish (texpriemka) ishlarini o‘tkazish va ularning tartibi, O‘rmon xo‘jaliklarida zamonaviy ko‘chatchilikni rivojlantirish, intentsiv va yirik hajmli ko‘chatlarni etishtirish tartibi to‘g‘risida Z.Eshankulov ma’ruza qildi.

O‘rmon daraxt, buta o‘simliklarining asosiy zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashish, profilaktik ishlarni olib borish. O‘rmonlarni qo‘riqlash ishlarini tizimli olib borish, biolaboratoriyalarni tashkil etish, biologik kurash choralarini olib borish va o‘rmonlarni kesish qoidalari, kesish turlari (parvarishlash, qayta tiklash va h.), hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va muddatlari, O‘rmon urug‘chiligini rivojlantirish, urug‘chilik sohasidagi hujjatlar, urug‘liklarni laboratoriya tahlildan o‘tkazish qoidalari, O‘rmon qonunchiligi talablari ijrosini ta’minlash. O‘rmonlarda Favqulotda vaziyatlar va uni oldini olish chora-tadbirlari.O‘rmon xo‘jaligi xodimlarning mehnat muhofazasi kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: -5°

Namlik 64% Shamol 3.49 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)