O'rmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklarini yetishtirish va tayyorlash

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi “Respublikada o'rmonlardan foydalani samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4424-sonli qaroriga ko'ra tizim o'rmon xo'jaliklarida dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar yetishtirish va tayyorlash prognoz ko'rsatkichlari belgilangan bo'lib, 2024 yilga borib, 5602 gektar maydonda plantatsiyalari barpo qilinishi va 9641 tonna dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar xom ashyosi tayyorlanishi ko'zda tutilgan.

O'zbekiston tabiiy va geografk jihatdan dorivor o'simliklarga boy hududdir. Bu hududda tabiiy holda 4500 ga yaqin tur o'simliklar uchraydi. Shulardan 1200ga yaqin o'simlik turlari dorivor xususiyatga ega. Hozirgi kunda Respublikamizda 112 tur dorivor o'simliklar rasmiy tabobatda foydalanish uchun ruxsat berilgan.

2016 yilda qadar, o'rmon fondi yerlarida 1590 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o'simliklarning madaniy plantatsiyalari barpo qilinib, 3650 tonna dorivor o'simliklar xom-ashyosi tayyorlangan. Madaniy holda yetishtirilgan dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklarning turlari 35 tani tashkil etgan.

2019 yilga kelib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi PQ-2966-sonli qaroriga ko'ra tizim o'rmon xo'jaliklari tomonidan 2047 gektar maydonda dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar plantatsiyalari barpo qilindi va 5000 tonnadan ko'proq miqdorda dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar xom ashyosi tayyorlandi. Yoki xom ashyo tayyorlash hajmi 2016 yilga nisbatan 140 foizga ko'paydi. Madaniy holda yetishtiriladigan turlari 61 taga yetkazildi.

2020 yilda O'rmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklarini yetishtirish va tayyorlash natijalariga qaraganda; 3200 ta plantatsiyalari barpo etildi. 5300 tonna xom ashyo tayyorlandi.
 
Manba: "Shifobaxsh" dorivor o'simliklarini yetishtirish va qayta ishlash markazi mutaxasisi Idrisxodjaev U.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 23°

Namlik 30% Shamol 6.36 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)