O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi “Respublikada o'rmonlardan foydalani samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4424-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tomonidan “Respublikada o'rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumani Respublikamiz o'rmon resurslarining boy salohiyatidan to'la-to'kis va oqilona foydalanishni ta'minlash, o'rmon xo'jaligi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, o'rmon fondi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg'or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, o'rmon xo'jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni yanada faol jalb etish va ekologik turizmni rivojlantirishga oid savol-javoblarga boy bo'ldi. O'rmonchilik sohasida olib borilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar hamda, yangicha dunyoqarash, o'rmonlarga bo'lgan e'tibor va g'oyalar o'rtaga tashlandi. O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi rahbaryati va ma'sul xodimlari o'z sohasiga oid savollarga to'liq javob berishdi.

Hozirgi kunda tizimda jami 113 ta tashkilot bo'lib, shundan 2 ta qo'mita, 9 ta boshqarma, 8 ta respublika tashkiloti, 1 ta institut filiali, 1 ta ilmiy markaz, 1 ta innovatsiya markazi, 60 ta davlat o'rmon xo'jaligi, 5 ta davlat o'rmon ov xo'jaligi, 4 ta davlat qo'riqxonalari, 3 ta milliy tabiat bog'i, 1 ta biosfera rezervati, 1 ta biosfera qo'riqxonasi, 9 ta ixtisoslashgan davlat o'rmon xo'jaligi, 4 ta tajriba stantsiyalari, 4 ta davlat o'rmon ishlab chiqarish korxonalari mavjud.

Jami tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar soni 8482 nafarni, shundan 374 nafari boshqaruv xodimi, 46 nafari ilmiy xodim, 791 nafari mutaxassislar, 2253 nafari ishlab chiqarish xodimlari 5018 nafari yordamchi xodimlar va ishchilar.

O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tizimidagi o'rmon xo'jaliklari tomonidan 2019 yilda 554,9 ming gektar maydonda himoya o'rmonzorlarini barpo qilish ishlari amalga oshirildi.

2019 yilda 80 turda oshiq jami 2005 ming tonna har xil turdagi daraxt va butalarning urug'lari tayyorlandi, ushbu tayyorlangan urug'larning asosiy qismi cho'l o'simliklariga to'g'ri keladi. Tayyorlangan urug'lar himoya o'rmonzorlarini barpo qilish, niholxona va ko'chatxonalar tashkil qilish va boshqa o'rmonchilik tadbirlari uchun sarflandi.

O'rmon xo'jaliklari tomonidan tayyorlangan har xil turdagi manzarali, mevali daraxt va buta turlarining urug'laridan hamda yosh nihollardan 2019 yilda jami 72,3 mln dona nihol va ko'chatlar etishtirildi.

O'rmonchilik tadbirlari uchun, shuningdek ko'kalamzorlashtirish va ixota daraxtzorlarini barpo qilish maqsadida o'rmon xo'jaliklari tomonidan tutning nihol va ko'chatlarini etishtirish 2017 yilda 2,5 mln dona, 2018 yilda 7,9 mln donaga bajarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3586 sonli “O'zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to'g'ridagi qaror bilan O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tizimiga kiruvchi o'rmon xo'jaliklari tomonidan 2018-2021 yillarda limon ko'chatlarini etishtirish va limonzorlar barpo etish prognoz ko'rsatgichlari belgilab berilgan bo'lib, 2018-2019 yillarda Respublika o'rmon xo'jaliklari tomonidan 600 ming donadan ortiq, hosili eksportbop va sanoatbop maxalliy limon ko'chat navlari etishtirilib, Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomarqa er egalariga shartnoma asosida tizimli etqazib berib kelinmoqda.

O'zbekiston tabiiy va geografk jihatdan dorivor o'simliklarga boy hududdir. Bu hududda tabiiy holda 4500 ga yaqin tur o'simliklar uchraydi. Shulardan 1200ga yaqin o'simlik turlari dorivor xususiyatga ega. Hozirgi kunda Respublikamizda 112 tur dorivor o'simliklar rasmiy tabobatda foydalanish uchun ruxsat berilgan.

O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tizimidagi xo'jaliklarda halq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish va aholiga pullik xizmat ko'rsatish bo'yicha 2019 yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Respublikamiz o'rmon xo'jaliklarida bugungi kundagi mavjud bo'lgan ishlab chiqarish uskunalari:
  • Yog'ochni qayta ishlash uskunasi 53 ta;
  • Yog'ochni kesish uskunasi (pilorammma) 16 ta;
  • Asalni qayta ishlash uskunasi 2 ta;
  • Dorivor o'simliklarni qayta ishlash 2 ta;
  • Va boshqa turdagi ishlab chiqarish uskunalari. 2019 yilda xo'jaliklar tomonidan;
  • Xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish orqali 55 149 dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilib jami 1 mlrd 887 mln so'm daromadlar olingan;
  • Aholiga pullik xizmat ko'rsatishdan 1 mlrd 141 mln so'm daromad olingan.

O'rmon fondi erlarida dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklarini etishtirish va tayyorlash bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O'zbekiston tabiiy va geografk jihatdan dorivor o'simliklarga boy hududdir. Bu hududda tabiiy holda 4500 ga yaqin tur o'simliklar uchraydi. Shulardan 1200ga yaqin o'simlik turlari dorivor xususiyatga ega. Hozirgi kunda Respublikamizda 112 tur dorivor o'simliklar rasmiy tabobatda foydalanish uchun ruxsat berilgan.

2016 yilda qadar, o'rmon fondi erlarida 1590 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o'simliklarning madaniy plantatsiyalari barpo qilinib, 3650 tonna dorivor o'simliklar xom-ashyosi tayyorlangan. Madaniy holda etishtirilgan dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklarning turlari 35 tani tashkil etgan.
2019 yilga kelib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi PQ-2966-sonli qaroriga ko'ra tizim o'rmon xo'jaliklari tomonidan 2047 gektar maydonda dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar plantatsiyalari barpo qilindi va 5000 tonnadan ko'proq miqdorda dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar xom ashyosi tayyorlandi. Yoki xom ashyo tayyorlash hajmi 2016 yilga nisbatan 140 foizga ko'paydi. Madaniy holda etishtiriladigan turlari 61 taga etkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi “Respublikada o'rmonlardan foydalani samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4424-sonli qaroriga ko'ra tizim o'rmon xo'jaliklarida dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar etishtirish va tayyorlash prognoz ko'rsatkichlari belgilangan bo'lib, 2024 yilga borib, 5602 gektar maydonda plantatsiyalari barpo qilinishi va 9641 tonna dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar xom ashyosi tayyorlanishi ko'zda tutilgan.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 84% Shamol 4.97 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)