- 15 Yanvar 2021 Juma
-
O`zbekchaРусскийEnglish
- +998 71 263 06 70
Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti oziqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-yilda yangi tutzorlar uchun ajratiladigan yer maydonlari belgilandi. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida yangi tutzorlar uchun respublika bo‘yicha jami 4 985 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qaror bilan 2020—2024-yillarda respublika hududlarida meliorativ obyektlar atrofida va qishloq xo‘jaligi yerlarida hosildorlikni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish prognoz parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, belgilangan yillarda jami 12 ming gektardan ziyod maydonda ihota tutzorlari barpo qilinadi.
Shuningdek, 2020—2025-yillarda ipak qurti parvarishlash va tirik pilla xomashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Shunga asosan, joriy yilda respublika bo‘yicha jami 21 ming tonna pilla yetishtirish nazarda tutilgan.
2020-yil 1-fevraldan boshlab:
Bundan tashqari, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” MChJlariga tegishli tutzorlar tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida 1 gektardan 3 gektargacha taqsimlanadi.
Manba: daryo.uz
Harorat: 5°
Namlik 75% Shamol 4.41 м/c