The Telegraph yer yuzidagi eng sarguzashtbop joylarni e’lon qildi. Birinchi o‘rinda – O‘zbekiston

Buyuk Britaniyada nashr etiladigan The Telegraph gazetasi sarguzasht istovchi sayyohlarga borish tavsiya etiladigan 50ta turistik yo‘nalish ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan O‘zbekiston joy olgan.

Nashr mutaxassislari O‘zbekistonga Navro‘z bayrami kunlari kelishni maslahat bergan.

«O‘zbekiston jadal taraqqiyot davrini boshdan kechiryapti. Joanna Lamlining mualliflik dasturi va yaqinda viza talablarining soddalashtirilgani hisobiga mamlakatga tashrif buyuruvchilar soni keskin oshib ketdi. Shu boisdan ham Lamlining televizion sayohat dasturi – «Ipak yo‘li sarguzashtlari» ekspertlari Navro‘z bayramidagi O‘zbekistonni ilk marta ko‘rsatib berdilar. Bu bahoriy festival turistlarga o‘zbeklar hayoti haqida chuqur tasavvur beradi.

Navro‘z turnesi Xiva, Buxoro va Samaqand kabi hayratomuz joylarni o‘z ichiga oladi. Sayohat davomida shu yerlik oilalar bilan tushlik qilish, elit toifa restoranlarda ovqat tanovul qilish, an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi va kulolchilik ustalari hamda zamonaviy dizaynerlar ishini kuzatish, so‘yilgan elchi bilan ot ustida o‘ynaladigan shiddatli o‘yin – ko‘pkarini tomosha qilish ham mumkin», – deyiladi maqolada.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Ipak yo‘li sarguzashtlari» loyihasi doirasida Navro‘z kunlari O‘zbekistonga 11 kunlik safar narxi 3550 funtdan boshlanadi. Bu narx ichiga turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari kiritilgan bo‘lib, O‘zbekistonga kelib-ketish uchun aviachiptalar alohida sotib olinadi.

The Telegraph`ning 5 ro‘yxati quyidagicha.

1. O‘zbekistonda Navro‘z

2. Keniya savannalari

3. Butandagi Oltita hissiyot deb atalmish yangicha «kulbalar»

4. Nikaraguaning mahalliy aholisi bilan tanishish

5. Pokistondagi Hindukush tog‘lari


Manba:
kun.uz

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 84% Shamol 4.97 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)