O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat ko‘mitasi Xitoy delegatsiyasini kutib oldi

O‘rmon xo‘jaligi davlat ko‘mitasi tashkil etilishi, O‘rmonchilik sohasiga berilgan e’tiborning debochasi bo‘lib, bir qator katta o‘zgarishlarga asos bo‘lib hizmat qilib kelmokda. Birgina Orolning qurigan tubida yashil o‘rmonzorlar barpo etish dasturi orqali olib borilayotgan ishlarni misol kilib aytishimiz mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasi vakili Li Chun Lin rahbarlik qilayotgan Qindao Greyepsum Ekologi korporatsiyasi mamlakataimizda pavloniya daraxti plantatsiyasi va Nap tangan viloyatida agroturizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish niyatida ekanligini aytdi. Qiziqishlari inobatga olinib, bizning o‘rmonchilarimiz tomonidan pavloniya daraxti plantatsiyalari to‘g‘risida ma’lumot mehmonlarga taqdim etildi.

Unga ko‘ra, pavlovniya ko‘chatlari o‘stirish qanday maqsadda ekilishiga qarab turli sxemalarda ekish mumkin:

Masalan; Pavlovniya ko‘chatlarini qurilish materiallari olish uchun 4x4, 5x4, 3x4 sxemalarda ekish tavsiya etiladi.

Shunda  1 gektar maydonda o‘rtacha 600-800 donagacha ko‘chat joylash mumkin.  Pavlovniya plantatsiyalarini briket ishlab chiqarish maqsadida ekilsa unda 3x3,3x2 sxemalarda eksa bo‘ladi.

Briket maqsadida ekilsa 1 gektar maydonda 1000-1200 dona ko‘chajoylash mumkinligini ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz.

Hozirgi  kunda pavlovniya O‘zbekiston Repsublikasining barcha viloyatlarida asosan Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarkand,

Toshkent viloyatlarida ekilishi tavsiya etilgan .

Shuningdek,  hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublikada tez o‘suvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyixasi tayyorlanmoqda. 

Xitoy Xalq Respublikasi vakili boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahrida bo‘ldi, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yo‘l oldi

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Yoshlar masalasidagi hamkorlik ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

Mehmonlar dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Orolning suvi qo‘rigan tubida o‘rmon barpo qilish ishlari bilan tanishish maqsadida. Mo‘ynoq mehnatkashlari va yoshlari bilan samimiy muloqot qildi.

O‘zbekiston mehnatkashlari va yoshlarining g‘ayrat va shijoati menda katta taassurot qoldirdi, – deydi Li Chun Lin. Ular qo‘li mehnati bilan barpo qilayotgan o‘rmonlar, ishini, zahmatlarini diqqat bilan kuzatdik. Bu jarayonlar bizni hayratlantirdi. Kattayu yosh o‘rmonchilarning astoydil mehnati bizni lol qoldirdi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 7°

Namlik 83% Shamol 4.85 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)