Dorivor giyohining inson salomatligi uchun o‘ta muhim va foydali xususiyatlari

Za’faron (shafran) dorivor giyohining inson salomatligi uchun o‘ta muhim, foydali va shifobaxsh xususiyatlaridan xabardormisiz?

Za’faronli shifobaxsh damlama quyidagi xususiyatlarga ega

· Qon tarkibini tozalaydi (yangi qon hujayralari hosil bo‘lishini kuchaytiradi, yurak qon tomir tizimi faoliyatini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi) uni organizmda aylanishini normallashtiradi;

· Miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya to‘qimalarini o‘stiradi, xotirani mustahkamlaydi)

· Nevrozdan forig‘ qiladi;

· Bosh og‘rig‘i (migren) va uyqusizlikdan xalos etadi;

· Oshqozon-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi;

· Oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi

· Ortiqcha o‘t suyuqligi ajralishidan xalos etadi;

· Buyrak va qovuqni davolaydi (asal aralashtirilgan za’faron buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalaydi);

· Antioksidant ta’sirga ega (energetik modda almashinuvini yaxshilaydi, zararli moddalarni organizmdan chiqarib yuboradi);

· Moddalar almashinuvini yaxshilaydi;

· Organizmni quvvatlaydi;

· Ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni davolaydi;

· Ereksiyani yaxshilaydi;

· Hayz siklida og‘riqni yengillashtiradi;

· Terining kuygan va shish paydo bo‘lish holatlarida ularni davolaydi;

· Allergiyadan xalos etadi;

· Ichkilikbozlik illatidan xalos etadi;

· Butun organizmni yoshartiradi;

· Organizmdagi radiatsiya darajasini pasaytiradi.

· Onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va ularning hujayralari o‘sishini to‘xtatadi).

Za’faron (shafran)dan shifobaxsh damlama (choy) tayyorlash usuli

· Buning uchun sizga 3-4 dona za’faron tolasi (va ta’bga ko‘ra biroz asal) zarur bo‘ladi.

· 3-4 dona za’faron tolasini chashkaga solib, ustidan iliq suv quying va 10 daqiqa qoldiring (bu juda muhim !!)

· Ustidan qaynoq suv quying (va mazali bo‘lishi uchun asal qo‘shing)

· Ajoyib ta’m va iforga ega shifobaxsh damlama tayyor

Mmm...

 

ESLATMA

-2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homilador ayollarga, qandli diabet kasalligi bor bemorlarga ISTE’MOL QILISh MUMKIN EMAS!

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 74% Shamol 4.14 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (0)