Prezident qarori

Paxta va g‘alladan bo‘shagan kamhosil maydonlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi — Prezident qarori

Qarorda belgilanishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:

· qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari;

· hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar,

· yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda —

intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan, tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish ishlarini tashkil qiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:

· meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari keng jalb qilinishini;

· xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini ta’minlaydi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 23°

Namlik 30% Shamol 6.36 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)