Toshken davlat agrar universiteti Nukus filialiga tashrif buyurishdi.

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti "O’rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn" fakulteti "Dorivor o‘simliklar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Pazilbekova Zamira Tanirbergenovna Toshken davlat agrar universiteti Nukus filialiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida "Agrobiologiya" fakulteti "O’simlikshunoslik, o‘rmonchilik va dorivor o‘simliklar" kaferdasi o‘qituvchilari va talabalari uchun "Master klass" o‘tkazdi.

Bundan asosiy maqsad talabalarga dorivor o‘simliklarning xususiyati, kelib chiqishi, tabobatta qo’llanilishi bo’yicha tushunchalar berish bo‘lib hisoblanadi.

U filial talabalariga dorivor o‘simliklar bo’yicha kitoblar, fitochoylar, o‘simliklar gerbariylarini sovg‘a qildi. “Master klass” davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 26°

Namlik 26% Shamol 5.64 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)