O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI

 

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

 

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

 

 

Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,

Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

 

Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!

Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

 

Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Toshkentda ob-havo

Harorat: 22°

Namlik 26% Shamol 10.13 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (0)