Joriy yilning 6 dekabr kuni Turkiya va O‘zbekiston vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6 dekabr kuni Turkiyaning Urug‘chilik uyushmasi assotsiatsiya raisi Savash Askan va “Green Zone of World” kompaniya vakili Aydin Bahadir, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni xalqaro aloqalar, eksport va ekoturizm boshqarmasidan F.Charangayev, O‘rmon muhofazasi boshqarmasidan D.Ravshanovlar “O‘rmonqurilish” DUK majlislar zalida kutib olishdi.

 

Uchrashuvda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Urug‘chilik uyushmalari assotsiatsiyasi, urug‘chilik, ko‘chatchilik va manzarali daraxtlarni yetishtirish masalasida fikr va tajriaba almashinuv ishlarini olib borish uchun hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish borasida bo‘lib o‘tdi.

D.Madatkulov yurtimizda Turkiya delegatsiya a’zolarini ko‘rib turganligidan mamnun ekanligini bildirdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston o‘rmonchilik sohasida olib borilayotgan siyosat, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda ishlab kelinayotganligini, hamda Turkiya davlatining urug‘chilik, ko‘chatchilik, pitomniklar barpo etish va manzarali daraxtlarni yetishtirish tajribasi alohida ajralib turishini e’tirof etdi.

Savash Aksan ECOSA jamiyati xaqida qisqacha ma’lumot berdi. Xususan, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron, Pokiston, O‘zbekiston, Turkmaniston davlatlari a’zo bo‘lgan jamiyat ekanligini, xozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida ECOSA jamiyatining faoliyat qoniqarli darjada emasligini bildirdi. ECOSA 2010 yilda Turkiya urug‘chilik eksporti 1 mln AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa 2018 yilda 40 mln AQSh dollarni tashkil etkanligini aytib o‘tdi.

Ushbu jamiyatning faoliyatini Markaziy Osiyo davlatlarida faollashtirish maqsadida joriy yilning 9-11 dekabr kunlari “Garden Flowers” MChJda o‘tkaziladigan O‘zbek-Turk urug‘chilik va ko‘chatchilik mavzusida urug‘chilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun tanishish va fikr almashinish tadbiri o‘tkazilishini bildirdi. Shu bilan birga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutaxassislarini mazkur tadbirda qatnashishi uchun, taklif qildi.

D.Ravshanov Turkiya davlatida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashish, ayniqsa ko‘chatchilikda qanday metodlardan foydalanishi borasida so‘radi.

Savash Aksan mazkur savolga 9-11 dekabr kunlari “Garden Flowers” MChJda o‘tkaziladigan tadbirga qatnashidagan mutaxassislardan batafsil ma’lumot olish hamda metodlarni Turkiya davlatida amaliy o‘rganish maqsadga muvofiqligini bildirdi. O‘zbekiston tadbirkor va fermerlarning Turkiya davlatidan urug‘ xarid qilishida, ko‘pgina xatoliklar o‘tishini, jumladan, urug‘ning unishi uchun zarur bo‘lgan faktorlar, ya’ni o‘stiraladigan hududning suvi, iqlimi, yerning xolati va yana bir qancha omillarni hisobga olmay, katta miqdorda xarid qilishini bildirdi. Urug‘ xarid qilishdagi yana bir muhim jihat sertifikatga ega bo‘lgan urug‘larni xarid qilish, - deb o‘z fikrini misollar orqali keltirib o‘tdi.

Savash Aksan ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va ECOSA jamiyati o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish lozimligini qayd etdi. O‘zbekistonda ECOSA jamiyati, barcha turdagi urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirib Markaziy Osiyo davlatlariga sotish uchun katta imkoniyat mavjudligi hamda O‘zbekistonning jug‘rofiy joylashivu va ob-havosining qulayligi ham ulkan salohiyat bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida D.Madatkulov 9-11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda o‘rmon mutaxassislari ishtirok etishini bildirib, delegatsiya tashrifidan mamnun bo‘lganligini hamda hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Turkiya Respublikasi vakili Savash Aksan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi vakillariga qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda kelishuvlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar aniq amaliy mazmun bilan boyishi va o‘zaro hamkorlik qilishiga tayyor ekanligini ma’lum qildi.


 

 

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Manba: Xalqaro aloqalar, eksport va ekoturizm boshqarmasi

Toshkentda ob-havo

Harorat: 24°

Namlik 51% Shamol 6.16 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (0)