O’rmon xo’jaligi xizmat turlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabr «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida»gi 290-sonli  Qarori bilan tasdiqlangan  “O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida” gi Nizomida  quyidagilar o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari etib belgilangan.

  1. a) yovvoyi holda o’suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik ehtiyojlari uchun g’amlash;
  2. b) chorva mollarini o’tlatish;
  3. v) o’simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
  4. g) yovvoyi o’simliklarning texnik xomashyosini g’amlash;
  5. d) yovvoyi o’simliklarning dorivor xomashyosini g’amlash (yig’ish);
  6. e) yovvoyi o’simliklarni oziq-ovqat maqsadlar iuchun g’amlash (yig’ish);
  7. j) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog’liq holatlarda);
  8. z) o’simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
  9. i) o’simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog’lomlashtirish, rekreatsionva estetik maqsadlarda foydalanish;
  10. k) o’simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;
  11. l) o’simlik dunyosi obyektlaridan kollektsiyalash maqsadlarida foydalanish.

O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

  1. O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo’lishi mumkin.

 Quyidagilar o’simlik dunyosi obyektlari hisoblanadi:

Yovvoyi holda o’suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o’tsimon urug’laydigan o’simliklar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar, suvo’tlar, lishayniklar va zamburug’lar o’zining barcha xilma-xil turlari bilan;

Yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o’simlik guruhlari yoki ularning harqanday majmui;

Kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlari;

Yovvoyi o’simliklarning mevalari, urug’lari va boshqa qismlari yoki ularning o’sish davridagi mahsullari.

Tanasi, po’stlog’i, shoxlari, poyasi, ildizi, g’unchasi, gullari, urug’lari, mevalari, barglari, piyozboshchalari va sharbati (elimi) o’simliklarning qismlari hisoblanadi.

Mazkur Nizomning 16-bandiga ko’ra o’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma tegishli vakolatli organlar tomonidan beriladi.

O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan o’simlik turlarini tabiiy muhitdan g’amlashga (to’plashga), olishga ruxsatnomalar, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (uning boshqaruvida bo’lgan o’rmon fondi yerlarida) tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:  

Pichan o’rish va chorva mollarini o’tlatish uchun ruxsatnomalar Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (davlat o’rmon xo’jaligi organlari tomonidan — o’rmon fondi yerlarida), mahalliy davlat hokimiyati organlari (zaxira yerlarda) tomonidan, quyidagilar ko’rsatilgan holda beriladi:

Yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

Jismoniy shaxsning ma’lumotlari-familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashashmanzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

Foydalanish turi (pichan o’rish yoki chorva mollarini o’tlatish);

Pichan o’rish miqdori hajmlari (kg, tonna, kubometr), otlar, eshaklar soni qoramollar (chorva mollari) o’tlatilganda-ularning taxminiy yoshi) va foydalanish muddati;

Ruxsatnoma arizachiga daftarga yoki ruxsatnoma nusxasiga imzo qo’yilgandan so’ng beriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik sub’ektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

O’rmon fondi yerlarida Qizil kitobiga kiritilmagan o’simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga/ terish (yig’ish)ga ruxsatnoma

O’rmon fondining pichan o’rishga mo’ljallangan maydonlarda pichan o’rish uchun ruxsatnoma

O’rmon fondi yaylov hududlarida chorva mollarini boqish uchun ruxsatnoma

 

 

2.pdf

1.pdf

3.pdf

Toshkentda ob-havo

Harorat: 19°

Namlik 33% Shamol 5.54 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (28)