Bugun Botanika bog‘ida tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvi majlisi dovomida Fanlar akademiyasining Botanika va Zoologiya institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan tog‘ va cho‘l sharoitilarida, aholi turar joylardan ancha olisda joylashgan tabiiy ekotizimlarda keng ko‘lamli dala tadqiqotlarini olib borishlari, o‘simlik va hayvonot olamining davlat kadastrini yuritish, kamyob va yo‘qolib borayotgan, muhofazaga muhtoj turlarning monitoringini olib borish borasidagi ilmiy faoliyatiga yetarli darajada imkoniyat yaratish zarurligiga alohida to‘htalib o‘tganlar.

 

 

Majlis Bayonining 10-bandida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga Fanlar akademiyasining Botanika va Zoologiya institutlari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy laboratoriya va asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.

 

 

 

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va Zoologiya institutlari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy laboratoriya va asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi va bu dastur 2019 yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

 

Ushbu chora-tadbirlar dasturining 7-bandidagi “Respublikaning turli tabiiy-iqlim sharoitlaridan ilmiy ma’lumotlar yig‘ish, noyob ilmiy ob’ektlar fondlarini doimiy ravishda to‘ldirib borish, dala ekspeditsiyalarini tashkil etish maqsadida, Botanika instituti, Botanika bog‘i va Zoologiya institutiga 3 ta dala ekspeditsiyasi uchun ixtisoslashtirilgan avtombillar bilan ta’minlash” topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga 4x4 “UAZ Patriot” rusumli, Zoologiya institutiga 4x4 “UAZ Patriot” rusumli, Botanika bog‘iga 4x4 “Lada Niva” rusumli ekspeditsiya avtomashinalarini tantanali ravishda topshirish marosimi o‘tkazildi.

 

 

 

Ishlab chiqarish amaliyotini ilmiy tadqiqotlarni qulay sharoitlarda olib borishi uchun yaratayotgan bu kabi imkoniyati ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash, o‘rmon fondi yerlaridagi dorivor o‘simlik turlarining zahiralarini aniqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish borasidagi hamkorlikdagi tadqiqotlarni olib borishga xizmat qiladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 1°

Namlik 78% Shamol 3.71 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (115)