Qo‘mita raisining o‘rinbosari A.Xamzayev tomonidan shaxsiy sayyor qabul o‘tkazildi

Navoiy viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Xamzaev tomonidan 2019 yil 28 oktyabr kuni shaxsiy sayyor qabul o‘tkazildi.


Sayyor qabulga Navoiy viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi rahbariyati va o‘rmon xo‘jaligi tizimidagi xo‘jalik va tashkilot rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari ham taklif etildi.
Qabulga jami 20 nafar fuqaro murojaat qilishgan:
shundan, 13 nafar fuqaro bevosita o‘zlari ishtirok etdi;
qolgan, 7 nafar fuqaro qatnashmadi.
Murojaatlar joyida o‘rganildi, ular quyidagilardan iboratligi aniqlandi: 
Yer ajratish masalasi bo‘yicha – 6 ta murojaat;
Shartnoma shartlari bo‘yicha – 2 ta murojaat;
Ishga joylashish masalasida – 1 ta murojaat;
O‘rmon ish faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha – 2 ta murojaat;
Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha -  2 ta murojaat.
Murojaatlar bo‘yicha quyidagi to‘xtamga kelindi:
1 ta murojaat Ichki ishlar organlariga tegishliligi sababli tuman IIB boshlig‘i bilan muhokama qilindi va sayyor qabulda ushbu masala hal etildi; 
2 ta masala bo‘yicha fuqarolarga xujjatlar sudga topshirish jarayonida ekanligi va sudning hal qiluv qarori bilan ushbu masalalar o‘z yechimini topishi tushuntirildi;
3 ta murojaat qabul joyida hal etildi;
7 ta murojaat bo‘yicha 3 kun muddatda Navoiy viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i va xo‘jalik rahbarlariga masalani hal etishlik belgilanib, tegishli topshiriqlar berildi.

 

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 14°

Namlik 39% Shamol 6.92 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (107)