So‘qoqda o‘rmon sayyohligini rivojlantirish kutilmoqda

Zero, xalqaro tajribaga ko‘ra, o‘rmon hududida dam olish maskani faoliyatini tashkil etish uchun tanlangan joy avtotransport qatnaydigan yo‘ldan kamida besh kilometr uzoqda joylashgan va hududi 50 gektardan kam bo‘lmasligi shart. Shuningdek, bu maskanlarda otda sayr qilish, baliq tutish va hayvonlarni ovlash kabi xizmat turlari ham juda muhim. Bilishimcha, bu kabi xizmatlar O‘zbekistonda endi-endi rivojlanmoqda”.

Ushbu mulohazalarni AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rmon xizmati vakili Endryu Ridning Parkent tumanidagi So‘qoq dam olish maskanida o‘tkazilgan o‘rmon turizmini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan seminarda alohida qayd etdi.

Unda ishtirok etgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti vakillari bu boradagi mavjud dunyo tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarida samarali faoliyatni tashkil etish uslublari, qo‘riqlanadigan hududlar atrofida istiqomat qiladigan aholi xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolarni yechimlari xususida ham tajriba almashildi.

– Michigan universitetining magistratura bosqichida Sharqiy Yevropa va Rossiya hududlari bo‘yicha, yanada aniqroq aytsam aynan Sibir o‘rmonlari mavzusida ilmiy ish yoqlaganman, – deydi AQSh xalqaro o‘rmon xizmati dasturining Rossiya, Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha direktori Lara Peterson. – Sharqiy Afrikada istiqomat qilgan paytlarim va Yevroosiyo mintaqasi bo‘ylab safarim davomida o‘rgangan barcha amaliy bilim va ko‘nikmalarimni o‘zbekistonlik hamkasblarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Xususan, qo‘riqlanadigan hududlarning boshqaruvi borasida o‘z mulohazalarimni bildirdim. Bu borada hamkorlik qilamiz.

Anjumanda o‘quv guruhi tashkil etilib, zamonaviy ekologik bilimlar borasida ham keng va atroflicha ma’lumotlar berildi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 14°

Namlik 39% Shamol 6.92 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (170)