“Luxury Symposium-2019” da o‘rmon xo‘jaliklari mahsulotlari ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari Hindiston davlatining Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Luxury Symposium-2019” 5-forumida O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Hind va o‘zbek san’ati, hunarmandchiligi va brendlarini namoyish etuvchi mazkur ko‘rgazmada O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat elchisi, xindistonlik mashhur dizayner Ritu Beri xonim ham ishtirok etmoqda.

Milliy xunarmandchilik, turizmni rivojlantirish, mahsulotlar eksportini kuchaytirish va brendlar yaratish qolaversa iste’dodlarni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladigan Simpozium Hindistonda bir necha yillardan beri tashkil qilinib kelinadi. E’tiborlisi, birinchi bor O‘zbekiston bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tayotgan mazkur Simpozium doirasidagi ko‘rgazmada milliy mahsulotlarimizga qiziqish katta.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 15°

Namlik 37% Shamol 7.15 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (170)