21 oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Ona tilim - onaday qadrli, ona vatanday suyukli, ona tuproqday muqaddas! Ona tilim- mehnatkash xalqimning diliday to‘lqinli , yigitlar yuragiday toshqin, suluv qizlarimiz noziday nozik, kulgusiday jarangdor va naqadar maftunkorsan!

Beg‘ubor tuyg‘ularimizning tarjimoni bo‘lgan, millatimiz ruhini ifoda etuvchi ona tilimiz, bizni yuksak ma’naviyatga, ma’rifatga, madaniyatga, istiqlolu istiqbolga yetaklovchi bebaho ne’matdir. Shu bois ham har birimiz ona tilimizni asrab avaylashimiz, e’zozlashimiz lozim. Zotan, tilimizga e’tiborli bo‘lsak, millatimiz qalbi ona tilimiz hech qachon zavol topmaydi

“Ona tilimga”

Ming yillarkim, bulbul kalomi

O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.

Ammo sho‘rlik to‘tining holi

O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,

Men ham to‘ti bo‘lib qolaman...

Toshkentda ob-havo

Harorat: 13°

Namlik 42% Shamol 7.16 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (173)