AQShlik mutaxassislar bilan o‘quv-amaliy seminarlari tashkil etiladi

15 oktyabr - O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasiga Amerika Qo‘shma Shtatlaridan bir guruh o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda Qo‘mita vakillari hamda AQSh ning O‘zbekistondagi atrof muhit, sog‘liq, fan va texnologiya bo‘yicha mutaxassisi Yekaterina Biryukova, AQShning qishloq xo‘jaligi departamentiga qarashli O‘rmonservisning Rossiya Yevropa va Yevroosiyo xalqaro dasturi kordinatori Lara Peterson va boshqa shu soha mutaxasislari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida xorijiy hamkasblar bilan 16 -19 oktabr kunlari Saksonota o‘rmon xo‘jaligi So‘qoq bo‘limida, 20-25 oktabr kunlari esa Zarafshon milliy tabiat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan o‘quv -amaliy seminarining ish rejasi muhokama qilindi. Muhokama chog‘ida rejalashtirilayotgan o‘quv-seminarlar davomida "O‘rmontexnoservis" davlat unitar korxonasi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etishga kelishib olindi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Harorat: 14°

Namlik 39% Shamol 6.92 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (170)