Tanlov, meritokratiya va mansab modeli - O‘zbekistonda davlat xizmati islohoti boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Belgilanishicha:

davlat xizmatchisi o‘z faoliyatini davlat xizmatchilari lavozimlari reyestriga kiritilgan lavozimlarda amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir;

chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining alohida qarorlarida belgilangan tartibda davlat xizmatchilari lavozimlarini egallashlari mumkin;

davlat xizmatchilari lavozimlari reyestriga kiritilgan lavozimlarni egallab turgan davlat xizmatchilarining faoliyati davlat xizmatiga oid qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmat va huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat qilish davlat maxsus xizmati bo‘lib, alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 

Quyidagilar davlat xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblanadi:

eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ularning kasbiy fazilatlari va alohida xizmatlariga adolatli hamda obektiv baho berish asosida davlat xizmatiga qabul qilishni nazarda tutadigan meritokratiya prinsipini qo‘llash;

davlat xizmatida «mansab modeli»ni joriy etish, bunda mansab darajalaridan bosqichma-bosqich o‘tish, kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, davlat xizmatchilarining toifalari va ularga malaka darajalari berish nazarda tutiladi;

davlat xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilish, bu nomzodning barcha ustunliklari va afzalliklarini, shu jumladan uning axloqiy va vatanparvarlik fazilatlarini xolisona baholash imkonini beradi;

davlat organi va tashkilotining darajasi, xodimning malaka darajasi va shaxsiy hissasi asosida ish haqini aniqlash uchun yagona talablarni belgilashni nazarda tutuvchi davlat xizmatchilariga ish haqi to‘lashning yagona tizimini joriy etish;

milliy, respublika, soha va mintaqaviy darajada samarali hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat xizmatiga eng malakali nomzodlarni tanlash uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb qilish va autsorsingning zamonaviy shakllaridan foydalanish;

davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

samarali ijtimoiy kafolatlar tizimini joriy etish, shuningdek, davlat xizmatchilarining kasbiy mahoratini oshirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish uchun rag‘batlantirish.

 

 

 

Manba:kun.uz

Toshkentda ob-havo

Harorat: 13°

Namlik 60% Shamol 6.48 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (104)