"O‘rmonchilar" terimchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida paxta dalalarida bo‘lib qaytishdi

Joriy yilning 6 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlari Qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari O. Hakimov boshchiligida o‘z tashabbuslari bilan Jizzax viloyati, Zarbdor tumanidagi paxta dalalariga hasharga chiqishdi. Qo‘mitaning bir guruh xodimlari hasharchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida paxta dalasida terimchilar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va birgalikda paxta terimida faol qatnashishdi.

Dam olish kunlarida paxtakorlarga ko‘maklashishni niyat qilgan hasharchilar nafaqat oq oltin hisoblangan paxta terimida faol qatnashdi balki ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish maqsadida Qo‘mita tomonidan taqdim qilingan bir nechta sovg‘a-salomlar ham ulashildi. Shu kuni hasharchilar uchun tushlik dasturxoni tashkil etilib, issiq ovqatlar tortildi. Terimdan so‘ng mashhur so‘z ustasi Valijon Shamsiyev boshchiligidagi guruh o‘z chiqishlari bilan bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Matbuot xizmati

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 71% Shamol 4.54 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (104)