Mamlakatimiz florasi uchun yangi o‘simlik turlari topildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari olib borgan so‘nggi dala tadqiqotlari natijasida mamlakatimiz florasi uchun yangi o‘simlik turlarini topishga muvaffaq bo‘ldi Topilgan turlardan biri – Talos tangao‘ti bo‘lib, u Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansubdir. O‘zbekiston hududidan bu o‘simlik Oygaing daryosi vodiysida va dengiz sathidan 3100-3200 metr balandlikda topildi.

1954 yil Qirg‘izistonning Talas Olatog‘ida ushbu o‘simlikning o‘sishi birinchi marta E.Nikitin va B.Sultonova (Qirg‘iziston) tomonidan aniqlangan. Hozir bu o‘simlik turining gerbariy namunasi Qirg‘iziston Milliy Fanlar akademiyasining Biologiya instituti gerbariyida saqlanadi. O‘tgan vaqt mobaynida O‘zbekistonda ushbu tur mavjudligi haqida biron-bir dalil bo‘lmagan.

Piskom tangao‘ti esa Tangao‘t turkumining boshqa bir turidir. Bu turning O‘zbekiston hududidan terilgan so‘nggi gerbariy namunasi 1925 yilga to‘g‘ri keladi. Turlarning populyatsiyalari Tunduksoy vodiysidan topilgan.

Tadqiqot o‘tkazilgan hududda shu tarzda 100 ga yaqin o‘simlik turlarining o‘sishi aniqlandi. Bular esa O‘zbekiston Qizil kitobining keyingi nashriga kiritish uchun eng muhim ilmiy manbadir.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 13°

Namlik 60% Shamol 6.48 м/c
O'zbekistonda eng ko'p ekiladigan daraxt turi: (162)