O‘zbekistonda “Xalqaro qishloq ayollari kuni” nishonlanadi

15-oktabrda O‘zbekiston “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ni nishonlaydi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining ushbu taklifi hukumat tomonidan tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 15-oktabr sanasini “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.

Barcha hokimliklar va tegishli idoralarga bayram tashkil etish topshirildi

Hukumat agrosanoat yo‘nalishidagi tegishli tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga joriy yilning 15-oktabr kuni ushbu kunga bag‘ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etishni topshirgan.

Dunyoda 2017-yildan beri nishonlanadi

Ma’lumot o‘rnida, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabridagi 62/136-sonli yig‘ilishida 15-oktabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman e’lon qilingan. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 14°

Namlik 39% Shamol 6.92 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (107)