Hukumat qarori: Chorva hayvonlarini sug‘urtalash chorva egasi ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi

Aholi xonadonlarida parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, chorva hayvonlarini sug‘urtalash uning egasi ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi.

30-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Sug‘urta uchun chorva egasining murojaati lozim

Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sug‘urtalash uchun sug‘urta qildiruvchining og‘zaki yoki yozma murojaati lozim bo‘ladi. Bunda chorva egasi va sug‘urtalovchi o‘rtasida ixtiyoriy shartnoma tuziladi. Buning uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofoti to‘laydi va unga sug‘urta polisi beriladi. 

Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda qanday chora ko‘riladi?

Sug‘urtalangan chorva bilan sug‘urta hodisasi ro‘y berganda – hayvonning nobud bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va majburan so‘yilishi kabi holatlar sodir bo‘lgan taqdirda bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Sug‘urta tovoni sug‘urta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlariga asosan to‘lab beriladi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 71% Shamol 4.54 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (104)