“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 avgustdagi “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risidagi Farmoni imzolanib, uch nafar tashabbuskor, fidoyi, mehnatkash va faolyurtdoshlarimizga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilgan edi.

Ularning ichida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Lola Murotova ham bor.

Bugungi kunda Lola opa rahbarligidagi fermer xo‘jaligida 150 nafar odam ish bilan ta’minlangan.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, ularning barchasi iste’molchi hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi ishchi xodimlarini iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirib borish maqsadida bu yerda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyaning tayanch guruhiga asos solindi.

Shu kunlarda paxta dalasida javlon urib mehnat qilayotgan fermer xo‘jaligi ishchilari Federatsiya a’zoligiga qabul qilindi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 13°

Namlik 60% Shamol 6.48 м/c
Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (168)