Ustozlar hamisha e'zozda!!!

Ustoz bor – o‘zligin taniydi millat,

Ustoz bor – kelajak avlodga ibrat.

Yuzida nuri bor, so‘zida hikmat,

Qadrli ustozlar bayram muborak !

1 oktabr- o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ustozlarni kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi!

Bu sana nafaqat o‘qituvchilarga ehtirom ko‘rsatish balki ustozlarini ziyorat qilish kuni hamdir. Shu kuni o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug‘lanadi. Murabbiylar ham huddi o‘qituvchilar singari katta mahorat va hayot tajribasiga ega bo‘lgan ustoz-pedagoglardir. Murabbiylar yoshlarni bevosita ish jarayonida mehnatni sevish va uning sirlarini o‘rgatish orqali tarbiyalaydigan kishilardir.Bu bayram yosh ishchini mehnat jamoasiga olib kirgan va unga hamisha namuna bo‘lgan, g‘amxo‘rlik qilgan kishini ulug‘lash tadbiri sanaladi. Mohir murabbiylar qo‘l ostida ko‘plab ishlab chikarish ustalari, ilg‘or mutaxassislar, mehnat qaxramonlari, tadbirkorlar yetishib chiqadi. Shu munosabat bilan Qo‘mita ko‘p yillar davomida shu dargohda mehnati singgan tajribali fahriylarni ham muborakbod etadi va biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va mo‘‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarning barchangizga hech qachon uzib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta’zim qilamiz! Doimo jamiyatimizda yuqori mavqega, yuksak obro‘-e’tiborga ega bo‘ling, aslo kam bo‘lmang. Oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga tanu joningiz sog‘ bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Matbuot xizmati

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 71% Shamol 4.54 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (104)