O‘zbekistonlik to‘rt sportchiga Milliy gvardiya tomonidan navbatdagi ofitserlik unvonlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hisoblanuvchi besh nafar sportchi va murabbiy sportdagi yangi yutuqlari ortidan navbatdagi ofitserlik unvonlarini qabul qilib oldi.

Jumladan, bokschilar Bahodir Jalolov, Bobo-Usmon Baturov va Murodjon Ahmadaliyev, boks murabbiyi Elshod Rasulov va yunon-rum kurashchisi Elmurat Tasmuradov sportdagi faoliyatida erishgan navbatdagi muvaffaqiyatlari uchun Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib taqdirlandi. Bu haqda Kun.uz`ga idora matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etish joiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu oy Yekaterinburgda o‘tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari – Bobo-Usmon Baturov bronza, Bahodir Jalolov oltin medal sohibi bo‘ldi. Eng og‘ir vazn toifasi vakili Jalolov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.

Bu ikki sportchi kuni kecha prezident tomonidan ham e'tirof etilgan, davlat rahbarining farmoni bilan Bobo-Usmon Baturov «Kelajak bunyodkori» medali, Bahodir Jalolov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Milliy gvardiyaning professional boksda faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchisi Murodjon Axmadaliyev esa sentyabrda ham g‘alabali seriyasini davom ettirib, kolumbiyalik bokschi Uilner Sotoni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Shuningdek, yunon-rum kurashchisi Elmurat Tasmuradov Nur-sulton shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Toshkentda ob-havo

Harorat: 14°

Namlik 39% Shamol 6.92 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (107)