Mehnat nizolarini bartaraf qilishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining majlislar zalida "Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari " mavzuida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarda Qo‘mita va qo‘mita tuzilmasidagi tashkilotlarning xodim va mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminarda Toshkent shahar prokuraturasi 14 bo‘lim prokurori, adliya maslahatchisi Matluba Aminjonova , Uchtepa tumanlar aro sudi sudyasi Lola O‘tanboyeva hamda Chilonzor tumani prokurori yordamchisi Shuhratbek O‘tkirovlar qatnashib, eng ko‘p uchraydigan mehnat nizolari xususida ma’ruza qilishdi. Ma’ruzada huquqshunoslar, ko‘pincha xodimlarning nohaq ishdan bo‘shatilishiga ularning o‘z xuquqlarini bilmasliklari va eng avvalo ishga tiklashni so‘rab sudga murojaat qilish kerakligini bildirib ketdilar. Mehnat kodeksining 99, 100 va 102 - moddalarini misol keltirgan holda xodimlarga ishdan bo‘shatish tartibi tushuntirib o‘tildi.

 

Toshkentda ob-havo

Harorat: 8°

Namlik 71% Shamol 4.54 м/c
O'zbekistonda o'rmonni tashkil etuvchi necha xil daraxt va butalar mavjud? (104)